Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida oilaviy nodavlat bog‘cha xodimlarining e’tiborsizligi sababli 3 yoshli tarbiyalanuvchi issiq mashina ichida qolib ketib, fojiali tarzda halok bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘ra, voqea joriy yilning 4-iyun kuni Qamashi tumanidagi “Zafar” MFYda joylashgan oilaviy nodavlat bog‘chada sodir bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!