Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli samolyot Pekindan yo‘lovchilar bilan bugun, 4-fevral kuni mahalliy vaqt 17:21 da Toshkent aeroportiga yetib keldi.
Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Samolyotda 250 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek, zamonaviy tibbiy vositalar bilan himoyalangan tibbiyot xodimlari va virusologiya sohasi mutaxassislari birga keldi.
Uxan shahridan va Xitoyning boshqa mintaqalaridan olib kelinayotgan O‘zbekiston fuqarolari butun inkubatsion davrda karantinda ushlab turiladi. 14 kun davomida ularning oila a’zolari, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi. http://xabardor.uz/bugundan-xitoydan-keladigan-ozbekistonliklar-maxsus-markazlarga-joylashtiriladi
Shuningdek, 4-fevral kuni maxsus charter reys karantin hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Uxan shahriga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.
Xabardor.uz
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!