$
12482.38 UZS
69.4
155.23 UZS
0.95
14540.72 UZS
154.08
38° Kechasi 21°

Ur to‘qmoq

20:26 / 25.04.2020

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir kampir bilan bir chol bor ekan. Ular ovchilik bilan kun o‘tkazar ekanlar. Bir kun chol tuzoq poylab o‘tirgan edi, tuzoqqa katta bir laylak tushdi. Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqargan edi, laylak odamdek so‘zlamoqqa boshladi:
Chol, men laylaklarning boshlig‘iman, meni qo‘yib yubor, nima tilasang shuni beraman. Mening makonim shu qarshidagi tog‘ning orqasida. “Laylakvoyning uyi qayda” desang, hamma aytib beradi, – dedi.
Chol laylakni qo‘yib yubordi. Ertasiga ertalab turib, Laylakvoyning sovg‘asini olib kelish uchun yo‘lga tushdi. Yurib, yurib bir joyga borib yetdi. Qo‘y boqib yurgan cho‘ponlardan:
– Bu qo‘ylar kimning qo‘yi? – deb so‘radi.
– Bu qo‘ylar Laylakvoyning qo‘yi, – deb cho‘pon cholni yo‘lga solib yubordi. Bir joyga borib yilqi haydab yurgan yilqichiga:
– Bu yilqilar kimniki? – deb so‘radi chol. Yilqichi.
– Laylakvoyniki, – dedi.
– Laylakvoy menga sovg‘a va’da qilib edi, nima so‘ray? – degan edi, yilqichi bunday dedi:
– Laylakvoyning bir xumchasi bor, “qayna, xumcha” desa, tilla qaynab chiqadi, shu xumchani so‘ra, – dedi.
Chol oz yurib, ko‘p yurib, ko‘p yursa ham cho‘l yurib, yetti kechayu yetti kunduz deganda Laylakvoyning uyiga borib yetdi. Eshikdan kirib: Assalomu alaykum, – dedi. Laylakvoy:
– Haq, saloming bo‘lmasa, ta’ziringni berardim. Sen sovg‘a uchun kelgan bo‘lsang kerak, qani nima so‘raysan? – dedi.
– Men sizdan “qayna, xumcha”ni so‘rayman, – dedi chol.
Laylakvoy o‘ylab qoldi:
– Chol, senga bir tovoq tilla beray, – desa ham chol ko‘nmadi. Oxiri, “qayna, xumcha”ni berishga rozi bo‘ldi. Chol “qayna, xumcha”ni olib jo‘nadi. Yo‘l yurib, cho‘l yurib, bir joyga yetdi. Dam olish uchun o‘tirdi.
Qishloqning bolalariga qarab: “O‘g‘illarim, mana bu xumchaga qarab turing, men bir oz mizg‘ib olay, faqat “qayna, xumcham” demanglar”, – deb tayinlab, uyquga ketdi.
Bolalar chol uxlashi bilan “Qayna, xumcha” deb baqirishib edi, xumdan tilla qaynab chiqdi, shoshib-pishib, bolalar tillalarni yig‘ib olib, xumni uylariga olib kirib bekitib qo‘ydilar, “Qayna, xumcha”ning o‘rniga boshqa bir xumchani olib kelib qo‘ydilar. Chol uyqudan turib xumchani olib jo‘nadi. Yetti kecha, yetti kunduz yo‘l yurib, uyiga yetib keldi.
– Qani, kampir, dasturxonni yoz, hozir tillaga boy bo‘lamiz, – dedi. Kampir dasturxonni yozdi, dasturxonning o‘rtasiga xumchani qo‘yib, chol bor kuchi bilan “qayna, xumcha” deb baqirdi. Xumchadan tilla qaynab chiqmadi; chol yana baqirdi, tilla qaynamadi. Cholning jahli chiqib: “Ha, padaringga la’nat Laylakvoy, meni aldab boshqa xumcha beribdi; men ertaga borib boshqa sovg‘a so‘rayman”, deb qo‘ydi. Ertasi saharlab chol yana yo‘lga chiqdi. Yilqichining oldiga borib:
– Laylakvoy meni aldadi, endi nima sovg‘a so‘ray, – dedi. Yilqichi o‘ylab turib: “Ochil, dasturxon”ni so‘rang, dasturxonni yozib, “Ochil, dasturxon” desangiz, har xil taomlar tayyor bo‘ladi, – dedi.
Chol Laylakvoyning eshigidan kirib:
– Assalomu alaykum, – dedi. Laylakvoy:
– Haq, saloming bo‘lmasa, ta’ziringni berardim. O‘tgan gal senga
“Qayna, xumcha” ni berib edim, ko‘ngling to‘lmadimi? – dedi. Chol hamma voqeani aytib:
– Meni aldading, “Qayna, xumcha”ning o‘rniga boshqa xumcha beribsan, endi sendan “Ochil, dasturxon”ni so‘ragani keldim, – dedi.
Laylakvoy o‘ylab qoldi. Oxiri, “Ochil, dasturxon”ni cholga sovg‘a qildi.
Chol yo‘lga tushdi. Oz yurib, ko‘p yurib, o‘tgan gal dam olgan qishloqqa borib yetib, o‘ziga tanish bo‘lib qolgan bolalarni ko‘rdi.
– O‘g‘illarim, mana shu dasturxonni ushlab o‘tiring, men bir oz mizg‘ib olay, faqat “Ochil, dasturxon” demanglar, – deb ularga tayinladi. U uyquga ketgandan so‘ng bolalar “Ochil, dasturxon”, deb baqirgan edilar, yetti xil taom tayyor bo‘ldi. Bolalar taomlarni o‘rab, dasturxonni uylariga olib kirib, o‘rniga boshqa dasturxon olib chiqib o‘tirdilar.


Chol uyqudan turib dasturxonni oldi, yo‘lga tushdi. Uyiga kelib:
– Kampir nima taom desang, hozir tayyor bo‘ladi,– deb dasturxonni yozdi. “Ochil, dasturxon”, deb edi, hech qanday taom chiqmadi. Cholning jahli chiqib, – Laylakvoy meni ikkinchi marta aldadi, ertaga borib boshqa bir sovg‘a so‘ray, – dedi.
Ertasi saharlab chol yo‘lga chiqdi. Yilqichining oldiga borib:
– Endi Laylakvoydan nima so‘ray? – dedi.
– Endi Laylakvoydan “Ur, to‘qmoq”ni so‘rang, dushmaningiz ko‘pga o‘xshaydi, agar “Ur, to‘qmoq” desangiz, oldingizda kim bo‘lsa, urib tashlaydi, – dedi yilqichi.
Chol yo‘lga tushdi, eshikdan:
– Assalomu alaykum, – deb kirdi. Laylakvoy:
– Haq, saloming bo‘lmasa, ta’ziringni berardim. Yana nima uchun kelding? “Qayna, xumcha”ni olding, “Ochil, dasturxon”ni olding, yana nima kerak? – dedi.
– Meni bu gal ham aldading, Laylakvoy! “Ochil, dasturxon” o‘rniga boshqa bir dasturxon beribsan. Endi sendan bir narsa so‘rayman, menga “Ur, to‘qmoq”ni ber, – dedi. Laylakvoy cholga “Ur, to‘qmoq”ni hadya qildi. Chol “Ur, to‘qmoq”ni olib yo‘lga tushdi. Oz yurib, ko‘p yurib avvalgi o‘zi bilgan qishloqqa borib yetdi. Tanish bolalarni chaqirdi.
– O‘g‘illarim, mana shu to‘qmoqni ushlab turing, men biroz mizg‘ib olay, faqat “Ur, to‘qmoq” demanglar, – dedi. U uyquga ketgandan so‘ng bolalar qiziqib, “Ur, to‘qmoq” deb baqirishgan edi, to‘qmoq hammasini ura boshladi. Bolalarning baqirig‘idan chol uyg‘onib ketdi. Bolalar bo‘lsa, yig‘lashib: – Chol ota, to‘qmoqni to‘xtating, biz sizning xumchangizni, dasturxoningizni olib, o‘rniga boshqa xumcha, boshqa dasturxon qo‘ygan edik, tavba qildik, ota, to‘qmoqni to‘xtating, – deyishdi. Chol: “Tur, to‘qmoq” deb baqirgan edi, to‘qmoq urishdan to‘xtadi. Bolalar yugurib borib uylaridan “Qayna, xumcha” bilan “Ochil, dasturxon”ni chiqarib berdilar, chol yo‘lga tushdi. Oz yurib, ko‘p yurib, ko‘p yursa ham mo‘l yurib, ko‘l demay, cho‘l demay yetti kecha-yetti kunduzda uyiga borib yetdi. “Qayna, xumcha” deb edi, xumchadan tilla qaynab chiqdi: “Ochil, dasturxon” deb edi, har xil taom muhayyo bo‘ldi. Umrlarida ko‘rmagan taomlarni yeb, chol bilan kampir xursand bo‘ldilar. Tillalarga chol yaxshi uy soldirdi va xonni uyiga mehmondorchilikka chaqirgan edi, xon: “Men xon bo‘lsam-u, o‘sha kambag‘al, qashshoq cholning uyiga mehmondorchilikka boramanmi”, deb bormadi. Cholning jahli chiqib, xonni urushga chaqirdi. Ertasiga xon yetti ming askarni tayyorlab, cholning uyi oldiga tizib:

– Qani, chol, joning bo‘lsa urushga chiq! – dedi. Chol eshikdan chiqib to‘qmoqqa qarab:
– Ur, to‘qmoq! – deb baqirgan edi, to‘qmoq hamma askarlarni bittadan urib yotqizib qo‘ydi, oxirida to‘qmoq xonni ura boshladi.
Xon:
– Chol, to‘qmog‘ingni to‘xtat, sen yengding, meni o‘limdan olib qol, yurtga sen hokim bo‘la qol, – dedi.
Chol to‘qmoqni to‘xtatdi. O‘zi yurtga hokim bo‘ldi. Murod-maqsadiga yetdi.


Bu ham qiziq

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarida qurbonlar soni 62 895 kishiga yetdi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarida qurbonlar soni 62 895 kishiga yetdi

2023-yil 7-oktyabrdan boshlab Isroil armiyasining G‘azo sektoriga hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 62 …
09:48 / 28.08.2025
600 yillik noyob eksponat O‘zbekistondagi muzeyga olib kelinadi

600 yillik noyob eksponat O‘zbekistondagi muzeyga olib kelinadi

Eksponatda Temuriylar davriga oid san’at namunasi shakllangan
18:53 / 28.08.2025
O‘zbekiston xalqaro tinchlik indeksida 67-o‘rinni band etdi

O‘zbekiston xalqaro tinchlik indeksida 67-o‘rinni band etdi

Global Peace Index 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 163 davlat orasida 67-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 2 pog‘o…
13:08 / 28.08.2025
Andijonda ikki erkakni “samosud” qilganlarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda ikki erkakni “samosud” qilganlarga sud hukmi o‘qildi

Ularning har biriga 3 yil muddatdan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
10:46 / 28.08.2025
DXX: “Andijon va Namangan viloyatlarida korrupsion holatlar fosh etildi”

DXX: “Andijon va Namangan viloyatlarida korrupsion holatlar fosh etildi”

Hozirda holatlar bo'yicha Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘…
20:21 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyiga asos soldi
18:30 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
20:22 / 27.08.2025
28-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 27.08.2025
Toshkent metropolitenida kassalarning faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi

Toshkent metropolitenida kassalarning faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi

Barcha metro bekatlari oldiga yil oxirigacha maxsus bankomatlar joylashtiriladi
18:43 / 28.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!