Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
227-4-moddaning (Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki yetkazib bermaslik) beshinchi qismi (Tovarlarni, transport vositalarini va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
227-10-moddaning (Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish) ikkinchi qismi (Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, huddi shuningdek, hujjatlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
227-13-modda (Tovarlarni saqlash uchun qo‘yish, ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish tartibini buzish):
birinchi qismi dispozitsiyasidagi “va muddatlariga” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
quyidagi tahrirdagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:
“Tovarlarni saqlash uchun qo‘yishning belgilangan muddatlariga rioya etmaslik, — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
227-16-moddaning (Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik) birinchi qismi (O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart bo‘lsa, jinoyat alomatlari bo‘lmagan taqdirda) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
227-22-modda (Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash) quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:
“Bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq kodi, miqdori hamda hisoblangan bojxona to‘lovlari miqdoriga ta'sir etmagan noto‘g‘ri ma'lumotlarni ko‘rsatish, – eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!