1991-yilgacha qurilgan 17 mingta turar joyni renovatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun renovatsiya jarayonlarini tartibga soluvchi alohida qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Yangi qonun loyihasida: - aholi roziligini olish tartibi; - kompensatsiya va ko‘chirish masalalari; - investorlar majburiyatlari; - davlat organlarining vakolatlari aniq belgilab qo‘yiladi.
Renovatsiya doirasida eski uylar o‘rnida zamonaviy, energiya tejamkor va barcha zarur infratuzilmaga ega turar joylar qurilishi rejalashtirilgan.Shuningdek, muhandislik tarmoqlarini yangilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda ijtimoiy obyektlar sonini oshirish ham ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!