$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Dunyoning eng chiroyli daryolari (foto)

10:39 / 13.12.2019

Dunyoning turli mamlakatlaridagi eng go‘zal daryo landshaftlarini to‘pladik. Marhamat, tabiatning bu mo‘jizasidan zavq oling!

Kolumbiyaning noyob tabiiy boyligi – Kanyo Kristales daryosi Makarena tog‘ tizmasining janubidan boshlanadi va sharqda Guayabero daryosiga qo‘shilib ketadi. Kanyo Kristales daryosida beshta rang uyg‘unlashadi: sariq, ko‘k, yashil, qora va qizil.

Amazonka nafaqat eng sersuv daryo, balki sayyoradagi eng go‘zal suv havzalaridan biri hamdir.

AQShdagi eng yirik Missuri daryosi butun mamlakat uchun asosiy suv manbayi hisoblanadi. Shimoliy Dakota shtatidagi Missuriga taniqli Yurak daryosi oqib keladi.

Argentina va Chili orqali oqib o‘tadigan Futaleufu – feruza rangli daryo butun dunyo bo‘ylab suv sayohati ishqibozlarini o‘ziga jalb qiladi.

Lena – shimoli-sharqiy Sibirning eng katta daryosidir. Lena ustunlari uning qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, tosh o‘rmon deb ham nomlanadi.

Rossiya timsollaridan biri va madaniyatining deyarli jonlantirilgan elementi bu ajoyib va betakror – Volga daryosi hisoblanadi.

Zambezi daryosiga har yili ikki millionga yaqin odam tashrif buyuradi, uning suv manzaralari juda ajoyib!

Go‘zal Dunay Yevropaning 10 ta davlatidan oqib o‘tadi. U Markaziy Yevropaning asosiy suv yo‘li sifatida xizmat qiladi va asrlar davomida ko‘plab Yevropa madaniyatining ijodkorlari uchun ilhom manbayi bo‘lib kelgan.

Arizonadagi Horseshoe Bend – dunyoga mashhur diqqatga sazovor joy. Glen kanyonidagi milliy dam olish zonasida Kolorado daryosi qoyatoshlarni qurshab olgan.

Xitoydagi Yanszi daryosi mamlakatni ikki qism (shimol va janub)ga ajratib turadi.


Bu ham qiziq

Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildiri…
17:26 / 25.05.2026
Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

Qirg‘izistonda Starlink rasman ishga tushdi

SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati Qirg‘iziston hududida rasman faoliyatini boshladi.
09:39 / 25.05.2026
Farg‘onaning unutilgan poytaxti

Farg‘onaning unutilgan poytaxti

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida, Sirdaryo bo‘yida joylashgan qadimiy Ahsikent bugun ham ming yillik tarix nafas…
12:22 / 26.05.2026
Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:49 / 23.05.2026
Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiyada bankomat va terminallar internetsiz ishlashi mumkin bo‘ladi

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi hamda aloqa operatorlari bankomat va to‘lov terminallarining mobil internetsiz ishlash…
00:51 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar …
02:13 / 24.05.2026
27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:39 / 26.05.2026
Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Toshkentda ertaga qisqa muddatli chang-to‘zon va yomg‘ir kuzatilishi mumkin

Jahon meteorologiya tashkiloti hamda “O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida g‘arbiy nam havo oqimlari k…
17:18 / 26.05.2026
Soliq inspeksiyasida korrupsiya holati fosh etildi

Soliq inspeksiyasida korrupsiya holati fosh etildi

Korruptsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tom…
10:15 / 26.05.2026
O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:27 / 26.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!