$
11981.81 UZS
-32.67
165.13 UZS
-1.48
13879.73 UZS
21.03
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Hans Kristian Andersen 215 yoshda. “Qor malikasi” yozuvchining hayotida aslida kim bo‘lgan?

11:03 / 02.04.2020

Daniyaning mashhur yozuvchisi, ertakchisi Hans Kristian Andersen 1805-yilning 2-aprelida Odens shahrida etikdo‘z va kir yuvuvchilar oilasida dunyoga kelgan. “Dyumchaxon”, “Irkit o‘rdakcha”, “Botqoqlik shohining qizi”, “Baqa”, “Burga bilan professor” singari ertaklar muallifi bilan quyida tanishib chiqamiz.

Hayoti va ijodi
• Hans ota-onasining kasbi tufayli kambag‘allar maktabiga o‘qishga kiradi. Oradan uncha ko‘p vaqt o‘tmay, ularning oilasi Kopengagenga ko‘chib ketadi. Ularning yashash sharoiti u yerda ancha yaxshilanadi. Bo‘lajak yozuvchi avvaliga Slagels maktabida, keyin esa Xelsingyorda o‘qiydi. 1828-yilda esa Kopengagen universitetiga o‘qishga kiradi.

• Maktabda u o‘zidan 6 yosh kichkina o‘quvchilar bilan o‘qiydi. U unchalik aqlli o‘quvchi bo‘lmasa-da, iqtidorli o‘quvchilar maktabida, davlat hisobidan o‘qigan. Ammo Hans yaxshi o‘qiy olmagan va butun hayoti davomida ko‘pgina imloviy xatolarga yo‘l qo‘yar edi.

• Ertakchi keyinchalik eslashicha talabalik yillari uning tushlariga qo‘rqinchli voqea kabi kirar ekan. Chunki universitet rektori uni shafqatsizlarcha tanqid qilar, u esa o‘z navbatida buni yoqtirmas edi.

• Hans yoshligidan adabiyotga qiziqar edi. U hatto mashhur arab xalq ertaklaridan biri – “1001-kecha”ni o‘qigan edi. Shuningdek, ota-bola bog‘larda sayr qilish va teatrlarga borishni xush ko‘rishar edi. 1816-yilda esa yozuvchining otasi vafot etdi va u bundan qattiq qayg‘uga tushdi.

• Yozuvchi butun umri davomida she’rlar, hikoya, roman va balladalar yozgan. Ammo ko‘p kitobxonlar uni ertakchi sifatida taniydi. Hans Kristian Andersen uni bolalar yozuvchisi deyishlarini yoqtirmas edi. Vaziyat shungacha bordiki, Andersen o‘zining qabrtoshi atrofida bitta ham bola bo‘lmasligini buyurgan.

• “Daniyalik Xolger”, “Qor malikasi”, “Daniya – mening vatanim”, “Soqchi”, “Shilyon asiri” va boshqa ijod namunalari uning sheʼriy janrda yaratgan eng sara asarlaridir.

• Uning ijodi koʻp qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. “Ertaklar”, “Yangi ertaklar” va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi. Uning asarlari dunyoning 150 tiliga tarjima qilingan bo‘lib, ular bolalar va kattalar uchun birdek sevimlidir.

Shaxsiy hayoti


• Hans Kristian Andersen hayotida 3 ta ayol bo‘lgan bo‘lsa-da, u sevgan ayollar uni rad etavergani sababli vaziyat uylanishgacha bormagan.

• Birinchi sevganiga tuyg‘ularini o‘zi oshkor qila olmagan bo‘lsa, ikkinchi sevgan ayoli u tomonidan yozilgan sevgi maktublarini javobsiz qoldiradi va yozuvchidan ko‘ra yosh huquqshunosni afzal ko‘radi.

• Yozuvchi uchinchi bor xonanda qizni sevib qoladi. Uni qimmatbaho sovg‘alar-u gullar, she’rlar-u sevgi maktublariga “ko‘mib” tashlaydi. Ammo qiz uni juda hurmat qilar va faqatgina akasiday ko‘rar edi. Keyinchalik qizning britaniyalik bastakorga turmushga chiqib ketganini eshitgan Hans kuchli depressiyaga tushib qoladi va qiz uning “Qor malikasi” asarining timsoliga aylanadi.

Keyinchalik yozuvchida jigar saratoni aniqlanadi. U 1875-yil 4-avgustda vafot etadi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
15:34 / 12.06.2026
Bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan taqdimotda voyaga yetmaganlarga avtomobil boshqarishga ruxsat berilishi bi…
08:24 / 12.06.2026
So‘nggi uch kun ichida Turkiyada 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

So‘nggi uch kun ichida Turkiyada 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch kun davomida Turkiyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani qayd etildi.
15:31 / 13.06.2026
Toshkent tarixiy investitsiya forumiga mezbonlik qiladi:

Toshkent tarixiy investitsiya forumiga mezbonlik qiladi:

Ishtirokchi kompaniyalar aktivlari 42 trillion dollarga yetdi16–18-iyun kunlari CAEx majmuasida V Toshkent xalqaro investits…
09:24 / 13.06.2026
O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish ista…
10:38 / 14.06.2026
Oliy sud tarkibiga 10 nafar yangi sudya saylandi

Oliy sud tarkibiga 10 nafar yangi sudya saylandi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga 10 nafar sudya 10 yil muddatga saylandi.
09:30 / 14.06.2026
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozni oshirdi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozni oshirdi

Jahon bankining 2026-yil iyun oyida e’lon qilingan “Global Economic Prospects” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti bo…
15:39 / 14.06.2026
Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRIHavo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gac…
17:41 / 11.06.2026
Jizzaxda 20 million so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi bor ota mehmonxonada topildi

Jizzaxda 20 million so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi bor ota mehmonxonada topildi

Jizzax viloyatida aliment to‘lovlaridan 20 million so‘mdan ortiq qarzdorligi bo‘lgan fuqaro mehmonxonada yashiringan vaqtida…
12:41 / 13.06.2026
Pora uchun qamalganlar muddatidan oldin ozod qilinmasligi mumkin

Pora uchun qamalganlar muddatidan oldin ozod qilinmasligi mumkin

Unga ko‘ra, pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarni jazodan m…
15:28 / 14.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!