Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi “Benfika” — “Chelsi” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan bellashuvda londonliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 64-daqiqada hisob ochildi. Gol muallifi londonliklar himoyachisi Ris Jeyms bo‘ldi. Bahsning 90+5-daqiqada esa Anxel Di Mariya penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi 1:1. Natijada o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga cho‘zildi.
108-daqiqada Kristofer Nkunku “Chelsi”ning ikkinchi golini kiritdi. 114-daqiqada esa Pedru Netu hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Kirnan Dyusberi-Hol to‘rtinchi golga mualliflik qilib, “aristokratlar”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!