$
12117.35 UZS
-11.98
149.49 UZS
0.32
14069.46 UZS
7.93
31° Kechasi 18°

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

11:54 / 24.10.2025

Joriy yilning uchinchi choragida ham iqtisodiy faollik tendensiyalari davom etdi. Nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari ta’minlanishi, o‘tgan yildagi inflyatsiya omillari hissasi chiqib ketishi va almashuv kursi mustahkamlanishining tovarlar narxlariga barqarorlashtiruvchi ta’siri sentyabr oyida yillik inflyatsiyaning sekinlashishiga xizmat qildi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2025-yil sentyabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 0,8 foiz bandga pasayib, yillik 8 foizga teng bo‘ldi. Bunda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhi inflyatsiyasi yillik 6,1 foizgacha sekinlashib, pasaytiruvchi hissa qo‘shdi. Xizmatlar inflyatsiyasi, jumladan, tartibga solinadigan narxlar ta’sirisiz ham, talab omillari hisobiga umumiy inflyatsiyadan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Qat’iy pul-kredit sharoitlari hisobiga talab omillarining biroz maqbullashishi hamda almashuv kursi mustahkamlanishi ta’sirida bazaviy inflyatsiya pasayuvchi dinamikaga o‘tdi va sentyabrda yillik 7 foizgacha sekinlashdi. Jumladan, so‘mning mustahkamlanishi import inflyatsiyasining sekinlashishiga xizmat qilib, nooziq-ovqat tovarlari narxlarining ma’lum darajada barqarorlashuviga yordam bermoqda.

Sentyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etdi, biroq ular joriy va prognoz inflyatsiya sur’atlaridan yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yil yakuniga inflyatsiya prognozi pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqildi va 8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil 11-dekabr kuniga belgilangan.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi yetakchi 10 davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi yetakchi 10 davlat ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanma…
17:10 / 26.10.2025

														
														27-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Shamol s…
16:00 / 26.10.2025

														
														Toshkentda yana bir ko‘cha bo‘ylab harakat ikki kunga cheklanadi

Toshkentda yana bir ko‘cha bo‘ylab harakat ikki kunga cheklanadi

Shuningdek, hokimlik yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
15:42 / 26.10.2025

														
														Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida chiyabo‘ri tutildi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida chiyabo‘ri tutildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yovvoyi hayvon haqida xavotirli xabarlar tarqalgan edi.
15:11 / 26.10.2025

														
														O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda 2025-yil yanvar-sentyabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 166,9 ming so‘mni tashkil …
12:01 / 26.10.2025

														
														Rossiyada mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi sa’y-harakatlari bilan Rossiyaning Samara viloyatida mushkul ahvolda qolgan N.T…
10:43 / 26.10.2025

														
														Toshkent viloyatida katta miqdordagi valyutaning Tojikistonga noqonuniy olib chiqilishining oldi olindi

Toshkent viloyatida katta miqdordagi valyutaning Tojikistonga noqonuniy olib chiqilishining oldi olindi

Ushbu operatsiyada olingan pul mablag‘larining milliy valyutadagi umumiy qiymati 5 mlrd 200 mln so‘mdan ortiqni tashkil etga…
09:41 / 26.10.2025

														
														26-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

26-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

“O‘zgidromet” 26-oktyabr, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
17:34 / 25.10.2025

														
														Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan qator IIO xodimlari mukofotlandi

Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan qator IIO xodimlari mukofotlandi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni e’lon qilindi.
17:25 / 25.10.2025

														
														Hindistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Hindistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Hozirda barcha ayollar tibbiy kuzatuv ostiga olingan, jinoyat tafsilotlari yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
16:17 / 25.10.2025

Bu ham qiziq

Rossiya Kiyevga navbatdagi hujumlarni uyushtirdi

Rossiya Kiyevga navbatdagi hujumlarni uyushtirdi

“Kiyevga berilgan tungi zarbalar oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jumladan 7 nafar bola jarohatlandi”, — deb xabar b…
12:41 / 26.10.2025
Toshkent viloyatida Cobalt 9 yoshli bolani bosib ketdi

Toshkent viloyatida Cobalt 9 yoshli bolani bosib ketdi

Joriy yilning 18-oktyabr kuni soat taxminan 11:00 larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘linin…
14:33 / 25.10.2025
Hindistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Hindistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Hozirda barcha ayollar tibbiy kuzatuv ostiga olingan, jinoyat tafsilotlari yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
16:17 / 25.10.2025
Tramp reklama tufayli Kanadaga qo‘shimcha boj soldi

Tramp reklama tufayli Kanadaga qo‘shimcha boj soldi

Qo‘shimcha 10 foizlik boj “hozir to‘layotganlaridan tashqari” qo‘llanadi. Bu Kanada bilan savdo muzokaralari tugaganidan ati…
17:23 / 26.10.2025
Soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot pullari to‘lab berilgan

Soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot pullari to‘lab berilgan

Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 82 857 ta (o‘tgan yilning mos dav…
18:10 / 24.10.2025
Andijondagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

“Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 25.10.2025
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 19,2 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda 2025-yil yanvar-sentyabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 mln 166,9 ming so‘mni tashkil …
12:01 / 26.10.2025
25-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25 oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
16:46 / 24.10.2025
Qozog‘istonlik blogerga Toshkent metrosidagi erkaklarga nojo‘ya xatti-harakatlari sabab ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonlik blogerga Toshkent metrosidagi erkaklarga nojo‘ya xatti-harakatlari sabab ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonning Olmaota shahri politsiyasi jamoat joyida behayo xatti-harakatlari aks etgan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga …
08:54 / 25.10.2025
Qoraqalpog‘istondan xazina topildimi?

Qoraqalpog‘istondan xazina topildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan “Aqchako‘l” turistik-rekreatsion zonas…
10:44 / 25.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!