Joriy yilning 18-oktyabr kuni soat taxminan 11:00 larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 57-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisada 1986-yilda tug‘ilgan X.D. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tayotgan 2016-yilda tug‘ilgan Sh.M.ni urib yuborgan. Natijada piyoda tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
“Hozirda uning ahvoli yaxshi, davolanishda”, – deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda bola halok bo‘lgani haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuningdek, ushbu YTHda ishtirokchi sifatida Damas rusumli avtomashina haydovchisi, 1992-yilda tug‘ilgan K.X. ham qayd etilgan.
Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!