$
12025.22 UZS
34.69
149.36 UZS
-1.35
13969.70 UZS
10.32
31° Kechasi 18°

Toshkent byudjetidan ajratilgan 87 mlrd so‘m nimalarga sarflanadi?

10:59 / 29.10.2025

Toshkent shahar byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish maqsadida 87 milliard so‘m ajratildi. Bu bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, mahalliy byudjetdan jami 87 milliard so‘m ajratiladi. Mablag‘ning 65 milliard so‘mi ish haqi miqdori oshirilgani, shuningdek, elektr energiyasi tariflari ko‘tarilgani sababli mazkur xarajatlarga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 22 milliard so‘m quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:

– “Ko‘cha san’ati va musiqasi” streat.uz platformasida faol ishtirok etgan ijodkorlarni moddiy rag‘batlantirish uchun — 24,7 million so‘m;

– 2025–2026-o‘quv yili uchun ijtimoiy ehtiyojmand oilalar vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba ayollarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 150 nafar talabaning kontrakt to‘lovi uchun — 1,4 milliard so‘m;

– Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining yil yakunigacha elektr energiyasi sarfi uchun — 130 million so‘m;

– Shaxmat federatsiyasi shahar bo‘limiga mebel, texnika va jihozlar xaridi uchun — 400 million so‘m;

– Velosport federatsiyasi shahar bo‘limiga Damas avtomobili xaridi uchun — 100 million so‘m;

– Qon orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish maqsadida Cell Saver Elit “+” qon autotransfuziya uskunasini xarid qilish uchun — 750 million so‘m;

– Shayxontohur tumanidagi 169-maktab uchun Isuzu avtobusi xaridi — 770 million so‘m;

– Maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olishni kengaytirish, faoliyati to‘xtab qolgan guruhlarni qayta tiklash, davlat bog‘chalarini ta’mirlash va jihozlash uchun — 10,5 milliard so‘m;

– “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida maktablarda qo‘shimcha fanlar bo‘yicha sinflarni ta’mirlash va dars o‘tuvchi o‘qituvchilarga ustama to‘lash uchun — 4 milliard so‘m;

– Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratishni qo‘llab-quvvatlash uchun — 1 milliard so‘m;

– Pedagoglar malakasini oshirish, har bir tumandan 5 nafardan jami 60 nafar matematika va tibbiy fan o‘qituvchisi hamda boshqarmadan 3 nafar xodimni xorijda o‘qitish xarajatlari uchun — 1,7 milliard so‘m;

– Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga kommunal to‘lovlar uchun — 373 million so‘m;

– Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan Olmazor tumanidagi Forobiy ko‘chasida 7 650 kv.m yo‘lni asfalt bilan ta’mirlash uchun — 876 million so‘m.

Qarorda mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash va nazorat qilish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar yuklatilgan.

Shu bilan birga, 518,1 mlrd so‘m vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan asosiy bayram konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarga ajratilgan.


O‘zbekiston


														
														Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, tura…
18:04 / 01.11.2025

														
														2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:54 / 01.11.2025

														
														O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yich…
16:49 / 01.11.2025

														
														Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Unga Bosh konsulxona diplomatlari huquqiy maslahatlar bergan.
15:49 / 01.11.2025

														
														Toshkent, Andijon, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tuman-shaharlarga yangi hokimlar tayinlandi

Toshkent, Andijon, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tuman-shaharlarga yangi hokimlar tayinlandi

Nomzod shaharning yaqin istiqboli yuzasidan taqdimot qildi. Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi Sadriddin Shoqosimovn…
14:34 / 01.11.2025

														
														Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
11:14 / 01.11.2025

														
														Toshkent 2029-yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Toshkent 2029-yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Bu haqda III Osiyo yoshlar o‘yinlarining tantanali yopilish marosimida e’lon qilindi.
09:25 / 01.11.2025

														
														“Nasaf” muxlisi Taxtaqoracha dovonida YTHga uchrab vafot etdi

“Nasaf” muxlisi Taxtaqoracha dovonida YTHga uchrab vafot etdi

YTH oqibatida tan jarohati olgan muxlislardan biri – Mahmud Muhammadiyev hayotdan ko‘z yumgan. Qolgan to‘rt nafar muxlis tur…
17:49 / 31.10.2025

														
														1-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-noyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
17:19 / 31.10.2025

														
														Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqiga tabrik yo‘lladi

Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqiga tabrik yo‘lladi

Qo‘shni respublika rahbari YUNESKO konferensiyasining 43-sessiyasi ilk marta Parijdan tashqarida Samarqandda bo‘lib o‘tayotg…
14:40 / 31.10.2025

Bu ham qiziq

Serdar Berdimuhamedov “Yilning jasur turkman alabayi”ga mashina sovg‘a qildi

Serdar Berdimuhamedov “Yilning jasur turkman alabayi”ga mashina sovg‘a qildi

Xalqaro tanlov g‘olibiga Turkmaniston Prezidentining bosh sovg‘asi – “Toyota Camry V6” rusumli yengil avtomobil kaliti topsh…
16:51 / 31.10.2025
Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 3-noyabrdan boshlanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, tura…
18:04 / 01.11.2025
Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini jo‘natishga ruxsat berdi

Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini jo‘natishga ruxsat berdi

Ma’lumot uchun, Tomahawk raketalarining eng uzoq parvoz masofasi 2,5 ming kilometrgacha yetadi.
10:00 / 01.11.2025
Yana bir muzey talonchilikka uchradi

Yana bir muzey talonchilikka uchradi

AQShning Kaliforniya shtati Oklend shahridagi muzeyda o‘g‘rilik yuz berdi, oqibatda mingdan ortiq artefakt yo‘qolgan.
17:54 / 31.10.2025
AQShda yana zavod portladi

AQShda yana zavod portladi

Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar berdi.
12:35 / 01.11.2025
O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

Holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
16:27 / 30.10.2025
Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Xitoyning Syandaoxu shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ITF M25 turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
13:03 / 01.11.2025
2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:54 / 01.11.2025
O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopildi

O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopildi

Bu ishlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish” farmoni hamda “O‘zbekiston …
12:13 / 31.10.2025
Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishi faoliyati to‘liq tiklandi

Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
11:14 / 01.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!