$
11820.40 UZS
-36.95
139.05 UZS
-0.27
13684.48 UZS
-61.75
31° Kechasi 18°

1-yanvardan suv hisoblagichsiz yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi

15:55 / 31.08.2023

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Nurbek Po‘latovning ma’lum qilishicha, 2024-yil 1-yanvardan hisoblagichsiz yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Respublikamizning 7 ta viloyati 21 ta tumanida yer osti suvlari sathining 5 metr va undan ortiq pasayib ketayotgan holatlari qayd etilib, mazkur hududlarda suvga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy etildi.

Moratoriy joriy etilgan hududlar yer osti suvlari holatidan kelib chiqib, har yili yangilab boriladi hamda vazirlikning veb-sayti va boshqa ochiq manbalarda e’lon qilinadi. Yer osti suvlari sathining o‘rtacha ko‘p yillik sathga nisbatan 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yer osti suvlaridan faqat ichimlik maqsadlarida foydalanish mumkin.

Bunda yerlarni sug‘orish va ishlab chiqarish maqsadlariga gidrogeologik xulosa berish, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sug‘orish taqiqlanadi.

Olinayotgan yer osti suvlari hisobini aniq yuritish va suvni tejash choralarini amalga oshirish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan, ya’ni soddaroq qilib aytganda schyotchiklarsiz yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Bunda suv hisoblash vositalarisiz yer osti suvlaridan foydalanganda soliq to‘lovi soliq stavkasining besh baravari miqdorida undirilishi belgilanganini alohida qayd etish lozim.

Yer osti suvlarini monitoring qilish va ulardan samarali foydalanish, aholi va ob’yektlarni xavfli geologik jarayonlardan muhofaza qilish bo‘yicha Davlat geologik monitoring xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilib, bunda yer osti suvlariga noqonuniy quduq burg‘ilash va ruxsatsiz yer osti suvlaridan foydalanish bo‘yicha monitoring va nazorat tadbirlari kuchaytirildi.

Qayd etilishicha, moratoriy joriy etilgan hududlar, ya’ni yer osti suvlari sathi pasaygan hududlarda suvga quduq burg‘ilashga gidrogeologik xulosa olish uchun 43 ta ariza rad etildi. Yer osti suvlariga quduqlarni noqonuniy burg‘ilash va suv tejovchi texnologiyalarsiz suvdan foydalanish holatlari bo‘yicha Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga 99 ta ko‘rsatma taqdim etildi.

Yer osti suvlariga quduqlar burg‘ilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli 618 ta burg‘ilash uskunalarining ro‘yxati shakllantirildi. Burg‘ilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlanishini ta’minlash maqsadida ularning holati va turgan joyini ko‘rsatuvchi alohida axborot tizimi yo‘lga qo‘yildi.


Bu ham qiziq

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisi bilan yuzaga kelgan mojaro vaqtida unga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent…
14:43 / 19.08.2026
Bugun, 20-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 20-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI19-avgust soat 20:00 dan 20-avgust soat 20:00 gacha
16:27 / 19.08.2026
Ronaldu joriy yil oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin

Ronaldu joriy yil oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu 2026-yil yakunida professional faoliyatini tugatishi mumkin. Bu haqda futbo…
11:45 / 17.08.2026
2030-yilgacha barcha talabalar uchun yotoqxona yetarli bo‘ladi

2030-yilgacha barcha talabalar uchun yotoqxona yetarli bo‘ladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov UzReport kanaliga bergan intervyusida 2030-yilgacha
10:04 / 17.08.2026
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
09:14 / 18.08.2026
Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Toshkent xalqaro aeroportida kannabis moyi va psixofaol qo‘ziqorinlar aniqlandi
09:40 / 19.08.2026
O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlar faoliyati tartibga solinadi. Bu pre…
12:10 / 17.08.2026
Avtobuslarda yo‘lkira to‘lamaganlarga jarima 10 baravargacha oshirilishi mumkin

Avtobuslarda yo‘lkira to‘lamaganlarga jarima 10 baravargacha oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda avtobus, trolleybus va tramvaylarda yo‘lkira to‘lamay yurgan yo‘lovchilarga nisbatan jarimalarni oshirish takl…
15:01 / 17.08.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

➖ Besh yilda biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berdi, bu borada 84 ta Qonun, 861 ta farmon va qaror qabul q…
14:51 / 18.08.2026
Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga sarmoyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollar…
11:31 / 18.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!