2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqibatida yölovçi kemasi ağdarilib, daryoga çökib ketdi. Voqea vaqtida önlab odamlar suvga tuşib ketgan, 32 kişi şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nyu-Orlean meri Helena Morenoning ma’lum qilişiça, “Atlantic Asphalt” tankeri boşqaruvni yöqotib, bandargohda turgan “American Cruise Lines” kompaniyasiga tegişli “American Heritage” kruiz kemasiga urilgan. Töqnaşuvdan söng yölovçi kemasi suvga bota boşlagan va köp ötmay ağdarilib, çökib ketgan.
Hodisa vaqtida kemada taxminan 180–190 nafar yölovçi va ekipaj a’zosi bölgan. Nyu-Orlean port politsiyasi rahbari Melani Montrollning aytişiça, 87 nafar yölovçi kema ağdarilişidan oldin uni tark etişga ulgurgan. Qolganlarni qutqarişda port xizmati xodimlari, öt öçiruvçilar va yaqin atrofdagi kemalarda bölgan odamlar qatnaşgan.
Şifoxonaga yotqizilgan 32 kişining heç birining ahvoli oğir emas. Mer Helena Moreno hodisa oqibatida halok bölganlar yöqligini ma’lum qilgan.
AQŞ Sohil qöriqlaş xizmati töqnaşuvdan söng hodisa hududida daryo transporti harakati vaqtinça töxtatilganini bildirgan. Dastlabki taxminlarga köra, tankerning boşqaruv tizimida nosozlik yuz bergan bölişi mumkin. Biroq töqnaşuvning aniq sababi hozirça noma’lum, hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!