Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh Özbekiston fuqarolari mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, fuqarolar xorijda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinçiliklar sababli Özbekistonning Vladivostokdagi Boş konsulxonasiga murojaat qilib, vatanga qaytişda amaliy yordam söragan.
Diplomatlar tomonidan körilgan çoralar natijasida ular 2026-yil 10-noyabr kuni Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan Özbekistonga qaytarilgan.
Vatanga qaytarilganlar orasida Buxoroda tuğilgan E.E., Farğonalik Q.N. va uning voyaga yetmagan farzandi S.A., şuningdek, Samarqand viloyatida tuğilgan B.D. va uning öğli B.N. bor.
“Dunyo” axborot agentligi xabarida qayd etilişiça, mazkur yordam xorijda qiyin vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş hamda xavfsiz tarzda vatanga qaytişiga kömaklaşiş doirasida amalga oşirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!