$
12265.77 UZS
7.39
159.07 UZS
-0.42
14492.01 UZS
36.93
31° Kechasi 18°

Navoiyda 140 ming nafar aholining bandligi ta’minlanadi

17:26 / 07.12.2024

Shavkat Mirziyoyev 7-dekabr kuni Navoiy viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish, ish o‘rni va investitsiyani ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Navoiy – ham hudud, ham infratuzilma, ham sanoat salohiyati jihatidan katta viloyat. So‘nggi yetti yilda 8 milliard dollar investitsiya kiritilib, 6 ming 500 ta loyiha ishga tushirilgan. Bu yil 2 milliard 200 million dollarlik 577 ta loyiha yakunlanmoqda.

Prezidentning o‘tgan oyda viloyatga tashrifi chog‘ida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, qo‘shimcha imkoniyatlarni izlab topish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Yig‘ilishda shu asosida tayyorlangan takliflar ko‘rib chiqilgan.

Masalan, Karmana tumanidagi kimyo texnoparkiga tutash yaylov yerda yangi sanoat korxonalarini joylashtirish mo‘ljallanmoqda. Infratuzilma va xomashyo borligi bois u yerda kelgusi yilning o‘zida kaolin, kvars, dioksid kremniy, mato bo‘yog‘i loyihalarini boshlash mumkin.

Xitoylik investorlar Xatirchi tumanida kvars va granitni qazib olish hamda qayta ishlash tashabbusini bildirgan. Konimex, Navbahor va Uchquduq tumanlarida joylashgan 11 ta foydali qazilma maydoni ham o‘zlashtirish uchun istiqbolli.

Yurtimizdagi yaylovlarning 43 foizi Navoiy viloyatida, lekin uning 5 foizidan foydalanyapti, xolos. Shu bois 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravor urug‘lar sepiladi hamda aholiga bo‘lib beriladi. Tomdi hamda Uchquduq tumanlarida echkichilik va qo‘ychilik rivojlantiriladi.

Shuningdek, Tomdi va Nurota tumanlarini qurilish materiallari, chorvachilik hamda turizmga, Xatirchini to‘qimachilik va meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirish uchun barcha sharoit bor. Xususan, Xatirchida geni o‘zgarmagan va organik mahsulot sertifikatini beradigan zamonaviy laboratoriya tashkil qilinmoqda. Mazkur tumanda 500 gektar, Navbahorda 200 gektar adir yerlarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo qilinadi.

Dalalar va mahallalarda bozorbop mahsulotlar yetishtirish rag‘batlantiriladi. Jumladan, Italiyadan kungaboqar urug‘i olib kelib, takroriy ekin sifatida 10 ming gektarda ekishni taklif qilinmoqda. Natijada 5 ming aholi qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi, ishlab chiqariladigan kungaboqar yog‘i viloyat aholisining yillik talabini qoplaydi. Paxtachilikda ham hudud tuprog‘iga mos, suvsizlikka chidamli g‘o‘za Xitoy navlarini ekish kengaytiriladi.

Bu yilning o‘tgan davrida viloyatda 111 ming aholi ishga joylashtirilgan. 2025-yilda 140 ming aholining bandligini ta’minlash, 10 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan.

Yig‘ilishda Navoiy viloyati hokimi shu kabi resurslarni ishga solish, 2025-yilda tarmoq korxonalaridan tashqari 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 320 million dollar eksportni ta’minlash bo‘yicha rejalarini taqdimot qilgan.

Lekin bular viloyat salohiyati darajasida emasligi bois rejalarni qayta ko‘rib chiqish topshirilgan.

Yangi loyihalarni ko‘proq Konimex, Nurota, Xatirchi va Tomdi tumanlarida joylashtirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Ishsiz aholini zamonaviy kasblarga o‘qitib, yurtimizda va chet eldagi yuqori daromadli ishlarga joylashtirish vazifasi belgilandi. Iqtisodiy imkoniyatlari keng, shu bilan birga, aholisi nisbatan ko‘p bo‘lmagan Navoiy viloyatini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish mumkinligi ta’kidlangan.


O‘zbekiston


														
														Yangi Jizzax shahri quriladi

Yangi Jizzax shahri quriladi

Bu prezidentning 30-yanvardagi “2026−2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘…
16:47 / 04.02.2026

														
														5-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

5-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kech…
16:04 / 04.02.2026

														
														Serbiyada moddiy qiyinchilikka uchragan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Serbiyada moddiy qiyinchilikka uchragan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Yaqinda Elchixona konsulining ishchi raqamiga O‘zbekiston fuqarolari – qashqadaryolik fuqarolar Serbiyadan vatanga qaytishda…
12:14 / 04.02.2026

														
														O‘zbekistonda bir oyda 79 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

O‘zbekistonda bir oyda 79 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida so‘ngi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirla…
11:38 / 04.02.2026

														
														“O‘zgidromet” qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi

Ma’lum qilinishicha, 5–9-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikani…
10:59 / 04.02.2026

														
														Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik majlisi” forumida nutq so‘zladi

Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik majlisi” forumida nutq so‘zladi

BAA poytaxtida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti taqdirlash marosimi doirasida o‘tkaziladigan yuqori…
10:26 / 04.02.2026

														
														Toshkent metropoliteni 2025-yilda 286 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan

Toshkent metropoliteni 2025-yilda 286 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda metropoliten orqali jami 286,8 mln nafar yo‘lovch…
09:32 / 04.02.2026

														
														Popda o‘rmon xo‘jaligi mansabdorlarining korrupsion faoliyati fosh qilindi

Popda o‘rmon xo‘jaligi mansabdorlarining korrupsion faoliyati fosh qilindi

Joriy yilning yanvar oyi boshida tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foydalanish borasida P…
09:00 / 04.02.2026

														
														Toshkent viloyatida alimentdan qarzdor ota qo‘shnisining uyidan topildi

Toshkent viloyatida alimentdan qarzdor ota qo‘shnisining uyidan topildi

U bir yil davomida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
17:45 / 03.02.2026

														
														4-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

4-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:16 / 03.02.2026

Bu ham qiziq

Rossiyada 15 yoshli o‘smir o‘qituvchi va sinfdoshlariga o‘q uzdi

Rossiyada 15 yoshli o‘smir o‘qituvchi va sinfdoshlariga o‘q uzdi

Rossiyaning Ufa shahridagi gimnaziyada 9-sinf o‘quvchi o‘qituvchi va sinfdoshlariga qarata o‘q uzdi.
16:09 / 03.02.2026
Eronda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Eronda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari ko‘magida Eron hududida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz vatanga qayt…
15:53 / 03.02.2026
“Energetik sulh”dan so‘ng Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli raketa hujumini amalga oshirdi

“Energetik sulh”dan so‘ng Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli raketa hujumini amalga oshirdi

Hujumda taxminan 70 ta raketa va 450 ta drondan foydalanilgani qayd etilmoqda.
17:55 / 03.02.2026
Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etishi mumkin

Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etishi mumkin

Ronalduning tovon puli qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Uning faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishl…
12:09 / 03.02.2026
5-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

5-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kech…
16:04 / 04.02.2026
“O‘zgidromet” qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi

Ma’lum qilinishicha, 5–9-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikani…
10:59 / 04.02.2026
Ilon Mask tarixda boyligi 800 mlrd dollardan oshgan ilk insonga aylandi

Ilon Mask tarixda boyligi 800 mlrd dollardan oshgan ilk insonga aylandi

Unga tegishli real boylik miqdori 852 milliard dollarga yetgan.
14:42 / 04.02.2026
FIFA Rossiya jamoalariga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin

FIFA Rossiya jamoalariga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin

U bu haqda Britaniyaning Sky telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
09:06 / 03.02.2026
Erondagi jiddiy vaziyatlar fonida Uitkoff Netanyaxu bilan uchrashdi

Erondagi jiddiy vaziyatlar fonida Uitkoff Netanyaxu bilan uchrashdi

AQSh Prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff seshanba kuni Bosh vazir Benyamin Netanyaxu va Eron atrofida avj olishi mumk…
17:49 / 03.02.2026
4-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

4-fevral uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:16 / 03.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!