Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 12–14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–9 daraja iliq, kunduzi 16–18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, Ustyurtda kechasi va kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6–11 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!