“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida so‘ngi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 283 ta holat aniqlangan.
Unga ko‘ra, 11,5 mln kVt/soat elektr energiyasi (25,8 mlrd so‘m) va 17,9 mln metr kub tabiiy gaz (53,2 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 79 milliard so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 844 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!