$
11911.71 UZS
-29.94
₽
146.49 UZS
-1.16
€
13319.67 UZS
-63.34
31° Kechasi 18°

25-iyun kuni O‘zbekistonning 16 ta shahrida “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish –musobaqasi bo‘lib o‘tadi

18:29 / 13.06.2023

13-iyun kuni Yengil atletika federatsiyasining anjumanlar zalida, OAV vakillari ishtirokida, 25-iyun kuni respublikaning 16 ta shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan o’tkaziladigan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi va Vatan Qalqoni harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi. Shuningdek, Xalqaro Olimpiya kunini (Olympic Day) nishonlash munosabati bilan bir milyaga teng ramziy masofaga ommaviy yugurishlar tashkil etiladi.

Sport va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zamuhamedov va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ishtirokida jurnalistlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi, Milliy olimpiya qo'mitasi ishtirok etdi. Tadbirning texnik va tashkiliy jihatdan tayyorgarlik ishlari O’zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasiga yuklangan. Bosh hamkor – “O‘zbekneftgaz” AJ.

Bu yili Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi butunlay yangi formatda o’tkazilmoqda: Toshkentda o’tkaziladigan sport tadbirining ishtirokchilari uchun tanlov asosida 3 ta masofa taqdim etiladi: 1 milya (1609m), 3 km, 10 km, Farg’ona, Namangan, Buxoro, Samarqand va Nukusda – 1 milya va 3 km. Andijon, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Urganchda yuguruvchilar 3 km masofada musobaqalashadi.
Respublikaning 16 ta shahri “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” umumiy yagona shiori ostida birlashadi.

“Mamlakatning aholisi orasida yugurish sportini ommalashtirish va milliy salomatlikni mustahkamlashtirishga qaratilgan tashabbus sifatida boshlangan Yangi Nafas sport harakati, ushbu yili xalqaro harakat maqomiga ega bo’ldi – deb ta’kidladi Аndrey Abduvaliyev, Yengil atletika federatsiyasi raisining oʻrinbosari va Markaziy Osiyo yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi raisi, - Bo‘lajak ommaviy yugurish musobaqasiga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistondan yosh sportchilar va yugurish klublarining a’zolari qo’shilib, sport va yoshlar bayramini biz bilan baham ko‘rishadi".

Xalqaro Olimpiya kunini nishonlash bo’yicha Xalqaro Olimpiya qo’mitasining ushbu yildagi murojaati ham ommaviy yugurish mavsuziga yaqin bo’lib, kundalik jismoniy faoliyatni rag’batlantirgan holda, #LetsMove xeshtegi ostida bo‘lib o‘tmoqda. 25-iyun kuni Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga O’zbekistonning mashhur sportchilari va sog’lom turmush tarzi faollari, yoshlarga ta'sir ko'rsatadigan yosh fikr yetakchilari ham qo’shiladi.

Barcha yugurish havaskorlari, yoshidan qat’i nazar, O’zbekistonning har bir hududida ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etishlari mumkin bo’ladi. Yosh yuguruvchilar uchun ruxsat etilgan yosh chegarasi - 9 yosh. Ishtirokchi shaharlar uchun yagona start ertalab soat 6:00 da beriladi. Toshkentda 5500 ta, Samarqandda 2300 ta, qolgan 14 ta shaharlarda har bitta hududda 2000 ga yaqin odam ishtirok etishi kutilmoqda.

Joriy yilning 1-iyundan 21-iyungacha Toshkentda musobaqada ishtirok etuvchi yuguruvchilar uchun Iticket.uz saytida ro’yxatdan o’tish imkoniyati taqdim etiladi. Yengil atletika federatsiyasi ta’kidlashicha, bunday qadam hududlarda ommaviy yugurish musobaqalari va marafonlarni o’tkazish barqarorligi hamda muntazamligini ta’minlash imkoniyatini beradi.

Ishtirok etish qiymati:
1 milya masofaga ro’yxatdan o’tishda – 75 000 so’m;
3 km masofaga ro’yxatdan o’tishda – 99 000 so’m;
10 km masofaga ro’yxatdan o’tishda –149 000 so’m.
Ishtirokchi paketiga quyidagilar kiradi:
Futbolka
Kepka
K‘’krak start raqami
To‘g‘nog‘ichlar
Ishtirokchilarga start paketlarining berilishi 23-iyundan 24-iyunga qadar O’zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasida tashkil etiladi.


Bu ham qiziq

Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoro viloyatida xalqaro standartlarga mos, qiymati 300 million dollar bölgan yangi aeroport qurilmoqda. Yangi majmua bir v…
11:44 / 04.11.2026
Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoro viloyatida 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kişi esa hozirgaça iş topmagan. Viloy…
11:55 / 04.11.2026
Toşkentda Lixiang urib yuborgan 41 yoşli piyoda halok böldi

Toşkentda Lixiang urib yuborgan 41 yoşli piyoda halok böldi

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Lixiang Li 9 rusumli avtomobil yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan piyodani urib …
09:50 / 04.11.2026
Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng vafot etdi

Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng vafot etdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida bir guruh şaxslar tomonidan kaltaklanib, tiriklayin kömib yuborilgan 32 yoşli erkak 28 k…
09:30 / 04.11.2026
Toşkent metrosining yangi bekatlarida poyezdlar keliş vaqtini körsatuvçi tablolar örnatiladi

Toşkent metrosining yangi bekatlarida poyezdlar keliş vaqtini körsatuvçi tablolar örnatiladi

Toşkent metropolitenining kelgusida quriladigan yangi liniyalari va bekatlarida poyezdlarning keliş hamda ketiş vaqtini aniq…
09:54 / 04.11.2026
Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro viloyati iqtisodiyoti joriy yilda ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, iqtisodiy ösiş esa 10,1 foizni taşkil e…
11:47 / 04.11.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etişi mumkin

Tailand turizm qömitasi Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiş taklifini ma’qulladi. Taşabbus, şuning…
11:38 / 04.11.2026
Xorijdagi iş örinlari haqidagi ma’lumotlar har bir mahallaga yetkaziladi

Xorijdagi iş örinlari haqidagi ma’lumotlar har bir mahallaga yetkaziladi

Özbekistonda xorijda işlaş istagidagi fuqarolar uçun mavjud böş iş örinlari, kasbiy talablar va til biliş şartlari haqidagi …
12:58 / 02.11.2026
Eronda aholi yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan ogohlantirildi

Eronda aholi yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan ogohlantirildi

Eron davlat televideniyesi mamlakatga yadroviy zarba berilgan taqdirda fuqarolar qanday harakat qilişi kerakligi haqida maxs…
09:43 / 04.11.2026
Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkent şahrida aksiz markasi bölmagan tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullangan bir neça şaxslar uşlandi.
10:10 / 03.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!