Tailand turizm qömitasi Özbekiston fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiş taklifini ma’qulladi. Taşabbus, şuningdek, Meksika, Kolumbiya va Belarus fuqarolariga ham taalluqli. Yakuniy qaror 9-noyabr kuni körib çiqilişi kutilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, taklif Tailandning turizm siyosatini kengaytiriş va xorijiy sayyohlar oqimini oşirişga qaratilgan.
Hozirça vizasiz rejimni joriy etiş böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan. Agar taklif ma’qullansa, Özbekiston fuqarolari Tailandga 30 kungaça vizasiz sayohat qiliş imkoniyatiga ega bölişi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!