Samarqandda tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi xodimi tört kişini Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand tumanida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi xodimi Samarqand şahrida yaşovçi fuqaroning işonçiga kirib, uning tört nafar qarindoşini Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan. Buning evaziga undan 5 ming dollar olgan.
U Davlat xavfsizlik xizmati va Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Tekşiruvda mazkur mas’uliyati çeklangan jamiyat Umra ziyoratini taşkil etiş va ötkaziş uçun tegişli litsenziyaga ega emasligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahrida fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 3 ming dollar talab qilgan turistik firma rahbari ham qölga olingan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!