Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi avariya holatida ekani, maktabda esa sinfxonalar sovuq va partalar eskirgani qayd etildi.
Ma’lum qilinişiça, eski boğça binosi örnida 360 örinli yangi maktabgaça ta’lim taşkiloti quriladi. Maktab binosi esa ta’mirlanib, zamonaviy ta’lim muassasasiga aylantiriladi.
Şuningdek, maktabda zamonaviy laboratoriyalar, til va ijod tögaraklari taşkil etiladi. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar uçun ham qulay şaroitlar yaratilişi rejalaştirilgan.
Taşrif davomida Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumida tahsil olayotgan yoşlar bilan ham uçraşildi. Yoşlarning bilim olişga bölgan qiziqişi va kelajakka intilişi ijobiy baholandi.
Ta’kidlanişiça, bolalarning maktabgaça ta’limdan boşlab mustaqil hayotga qadam qöyguniga qadar munosib şaroitda ta’lim-tarbiya olişini ta’minlaş maqsad qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!