Buxoro viloyati iqtisodiyoti joriy yilda ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, iqtisodiy ösiş esa 10,1 foizni taşkil etişi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida hududni rivojlantiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilindi.
Yiğilişda keltirilişiça, ötkazilgan sörovda buxoroliklarning 98 foizi sönggi yillarda hayot sifati yaxşilanganini bildirgan. Tadbirkorlarning 83 foizi esa kelgusi uç yilga ijobiy munosabatda ekanini qayd etgan.
Şu bilan birga, viloyat iqtisodiyotida tabiiy resurslar sanoati va qişloq xöjaligining uluşi yuqoriligiça qolmoqda. Uşbu ikki yönaliş iqtisodiyotning 43 foizini taşkil etadi. Sönggi ön yilda xizmatlar sohasining uluşi esa 33 foizdan 36 foizga oşgan.
Prezident viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş, sanoatda çuqur qayta işlaşni rivojlantiriş va har bir tumanning iqtisodiy ösiş imkoniyatlarini aniqlaş zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi sohalaridagi körsatkiçlarni 1,5 baravar oşiriş böyiça aniq rejalar işlab çiqiş topşirildi.
Yiğilişda Toşkent şahri, Farğona va Jizzax viloyatlarining xalqaro Fitç reytingini olgani ham misol sifatida keltirildi. Buxoroning ham investorlar uçun oçiq va işonçli hudud sifatidagi salohiyatini namoyon etişi zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!