Buxoro viloyatida xalqaro standartlarga mos, qiymati 300 million dollar bölgan yangi aeroport qurilmoqda. Yangi majmua bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega böladi.
Aeroportni şahar markazi bilan boğlaş maqsadida 24 kilometr uzunlikdagi avtomobil yöli quriladi. Şuningdek, jamoat transporti uçun 5,5 kilometrli BRT yölagi taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev aeroport va unga olib boruvçi yölni Mustaqillik bayramigaça foydalanişga topşiriş vazifasini qöydi. Yangi infratuzilma Buxoroning transport imkoniyatlarini kengaytirişi va sayyohlar uçun qulaylik yaratişi kutilmoqda.
Şuningdek, Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi Buxoroga töğridan-töğri aviaqatnovlarni yölga qöymoqda. Kelgusi yilda Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boşlaş böyiça topşiriq berildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!