$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Toshkentni larzaga solgan portlash: Islom Karimovga suiqasd qilingan 16-fevral voqealariga 24 yil to‘ldi

19:15 / 16.02.2023

1999-yilning 16-fevral kuni Toshkentda ro‘y bergan qo‘poruvchilik harakatlarini o‘zbek xalqi yaxshi eslaydi.

Bugun, 2023-yil 16-fevral kuni O‘zbekiston poytaxtida sodir bo‘lgan fojiali voqealarga roppa-rosa 24 yil to‘ldi.

O‘sha kuni terrorchilar shaharning olti nuqtasida "do'zax mashinasi" ni ishga tushirishdi, ular portlab, yigirma kishining hayotiga zomin bo'ldi va yuzga yaqin odam jarohat oldi.

Poytaxtning markaziy maydonida sodir bo‘lgan portlash qo‘shni binolarning bir qismini, jumladan, hukumat uyi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa binolarga zarar yetkazdi. Respublika tarixida bu Toshkentdagi birinchi ochiq terakt bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz.

Toshkent osmonini qora tutun qoplagan o‘sha mudhish kundagi terrorchilik harakatlari faqatgina mamlakatning konstitusiyaviy tuzumiga qarshi harakat emas, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga suiqasd ham edi.

Bu qonli teraktda diniy ekstremist va aqidaparastlar ayblangan. “Xabardor.uz” mamlakatning “qora kuni”ni eslab o‘tadi. O‘sha kuni nimalar bo‘lgan, qanday choralar ko‘rilgan, guvohlar nima degan va boshqa tafsilotlar bilan quyidagi maqolada tanishib chiqishingiz mumkin.

1999-yil, 16-fevral, soat 10:40. O‘zbekiston hukumatining respublikani o‘tgan yildagi iqtisodiy rivojlanishi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi boshlanishidan biroz oldin Toshkentning bosh maydonida – hukumat binosi oldida Prezident qo'riqchilari va jangarilar o'rtasida otishma bo‘lib o‘tdi. Hattoki, jahon axborot kanallarida “Mustaqillik maydonidagi otishma” va Vazirlar Mahkamasi binosi granatadan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida xabarlar tarqatildi, ammo bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Birinchi portlash otishma boshlanganidan ko'p o'tmay, poytaxtning Yusuf Xos Xojib ko‘chasida, Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir bo‘lgan. Unda minalangan “ZAZ-968M” rusumli mashina portlagan.

Birinchi portlashdan 15 daqiqa o‘tib, soat 10:55 da o‘sha kungi portlashlarning eng kuchlisi ikkinchi portlash bo'lib o‘tdi. Uning manbai ham Mustaqillik maydoni yaqinida to'xtab turgan mashina bo'lgan. Uylari portlash sodir bo'lgan joydan ikki-uch kilometr uzoqlikda joylashgan ba'zi aholi zilzila boshlangan deb hisoblashgan.

Terrorchilar binoning V shaklidagi ustunlaridan birining qanotini qulashi uchun uning yonida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan “Volga” rusumli mashinani portlatib yuborishadi.

Uchinchi mashina Vazirlar Mahkamasi binosiga kirish yaqinida portlatilgan. O‘shanda binoda Vazirlar Mahkamasining majlisi boshlangan va unda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Ammo, portlash sodir bo‘lgan vaqtda hali Islom Karimov Vazirlar Mahkamasiga yetib kelmagan bo‘lgan.

Biroq, ushbu voqealardan xabar topgan Karimov baribir voqea joyiga borishga qaror qiladi va shu yerda televideniye orqali aholiga murojaat qiladi.

To‘rtinchi kuchli portlash ham aynan Prezident xalqqa murojaat qilayotgan paytda, soat 11:20 da, undan bir necha kilometr narida O‘zbekiston Milliy banki yonida sodir bo‘ladi.

Ko‘plab manbalarda keltirilishicha, buning oqibatida bank va uning atrofidagi binolar derazalari parchalanib ketgan.

O‘zbekiston birinchi prezidentining qo‘riqchisi Usmon Berdimuratov o‘sha kungi voqeani shunday tasvirlaydi:

“Binoga taxminan 130 metr qolganda, koʻz oʻngimizda portlash sodir boʻldi, mashinaning baʼzi buyumlari va qismlari havoga uchib ketdi. Prezident idorasiga qaytish uchun mashinani ortga burdim. Ushbu bino terakt sodir bo'lgan joydan 600-700 metr uzoqlikda joylashgan bo'lsa-da, u yerdagi derazalar ham portlashdan uchib ketgan. Qo'rqib ketgan, sarosimaga tushgan odamlar ko'chaga yugurishdi. Islom Abdug‘aniyevich ularga yaqinlashib: “Xavotir olmanglar. Biz bu qiyinchilikni yengamiz degandi”,– deydi u.

Shuningdek Berdimuratovning ta’kidlashicha, portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashinaning portlashi natijasida ulkan krater hosil bo‘lgan.

20 yil o'tib: Karimovga birinchi suiqasd

“Islom Abdug‘aniyevich Vazirlar Mahkamasiga qaytishga qaror qildi, uning yonida portlash sodir bo‘ldi... Binoga yaqinlashib, biz portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashinaning portlashi natijasida ulkan krater hosil bo‘lganini, shisha parchalari sinishi natijasida jarohatlangan odamlarni ko‘rdik. Portlash to'lqini, qisman vayron qilingan binolar. Maydonda bo‘lganimizda, biz shaharning boshqa qismlarida turli vaqt oralig‘ida sodir bo‘layotgan portlashlarni eshitdik”, deydi u.

Beshinchi va oxirgi portlash soat 12:00 da Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Qahhor ko'chasidagi yahudiy agentligining “Suxnut” yaqinidagi xususiy uyning garajida sodir bo‘lgan.

O'sha kuni kechqurun prezident Islom Karimov milliy televideniyedagi nutqida uning hayotiga suiqasd bo'lganini aytib, hujumda radikal islomchilarni aybladi.

Barcha voqealarga qaramay, o‘sha kunga rejalashtirilgan majlis baribir o‘tkazilgan. Islom Karimov u yerda ham portlashlar haqida gapirib, bu birinchi navbatda o‘ziga nisbatan suiqasd ekanini ta’kidlagan. Islom Karimov ushbu voqealardan atigi 3 kun o‘tib, Qozog‘istonning poytaxti Ostona shahridagi sammitda qatnashgan va Toshkentda sodir bo‘lgan voqealar xronologiyasini gapirib bergan.

O'lganlar va yaralanganlar

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar soni 20 kishi, jarohatlanganlar esa 127 kishi, ammo Toshkentda akkreditatsiyadan oʻtgan gʻarb jurnalistlari qurbonlar va oʻlimlar soni ancha koʻproq ekanini maʼlum qilishgan. Ularning ichida (rasmiy shaxslar ham bor).

O‘zbekiston rasmiylari voqeaga qanday munosabat bildirdi?

O‘sha paytdagi Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Zokir Almatov 17-fevral kuni milliy televideniye orqali soʻzlagan nutqida 16-fevraldagi portlashlar ortida Hizb ut-Tahrir turgani, portlashlarning bevosita ijrochisi esa Hizb ut-Tahrir harbiy boʻlinmasi Hizbulloh boʻlganini aytdi. O‘zbekiston rasmiylari voqeada O‘zbekiston Islomiy Harakati (O‘IH) va xalqaro terrorchi tashkilotlarni ham aybladi.

Huquq-tartibot idoralari hujumga aloqador ko‘plab odamlarni hibsga oldi. Asosiy ayblanuvchilar - surgundagi odamlar - guvohlarning ko'rsatmalariga ko'ra, sirtdan aybdor deb topildi. Oʻzbekiston maxsus xizmatlari maʼlumotlariga koʻra, amalga oshirilgan va tayyorlanayotgan teraktlarning asosiy maqsadi mamlakatdagi mavjud konstitutsiyaviy tuzumni agʻdarib tashlash va uning prezidenti hayotiga suiqasd qilish boʻlgan.

Rasmiylarning xotiralari

O‘sha paytda Prezident matbuot kotibi lavozimida faoliyat olib borgan Azamat Ziyo ushbu voqealar fonida Islom Karimovni xavfsizroq joyga ketishga chaqirganini eslaydi, chunki Prezident kabinetidagi zirhlangan oynalar ham shikastlangan bo‘lgan.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari ushbu taklifga keskin rad javobini bergan: “Sen bu gapni bir marta menga gapirding, boshqa gapirmagin! Bu nafaqat menga qaratilgan, balki eng avvalo, o‘zbek xalqiga, davlatimizga va mustaqilligimizga qarshi qaratilgan xurujdir”, — degan Islom Karimov.

Aynan shu suhbatdan so‘ng u voqea joyiga yo‘l olib, o‘zbek xalqiga o‘z murojaatini yo‘llagan. Unga rasmiylardan o‘sha paytdagi MXX (hozirgi DXX) rahbari Rustam Inoyatov va ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov hamrohlik qilishgan.

Prezident nima degandi?

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov jurnalistlar bilan uchrashuvda ta’kidlaganidek, 16-fevral kuni Toshkentda sodir etilgan teraktlar birinchi navbatda davlat rahbarini yo‘q qilishga qaratilgan edi.

“Portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan beshta mashina portlatib yuborildi. Oltinchi portlash ham sodir bo'ldi, chunki yaqin atrofda yana bir mashina bor edi, portlashning katta kuchi tufayli u ham portlab ketgan. Eng muhim portlash Vazirlar Mahkamasi binosiga kiraverishda sodir bo‘ldi”, — deydi u.

Karimovning soʻzlariga koʻra, GAZ-21 rusumli avtomashina soat 10:50 da Vazirlar Mahkamasi kirish qismiga yetib kelgan. Shu yerda uni to‘xtatib, mashinadan ikki yosh tushib, o‘zlarini mashinaning dvigateli buzilib qolgandek ko‘rsatib, yukxonani ochib, keyin chopishga shoshilishgan. Bu yerda nimadur noto'g'ri ekanligini sezgan soqchilar ularning orqasidan quvib ketishgan. Keyin otishma boshlangan. Mustaqillik maydoni o‘rtasida pulemyotlar chiqarilib, javob o‘qlari uzilgan.

“Hukumat binosiga kiraverishda sodir boʻlgan asosiy portlash men yigʻilishga odatda mashinada boradigan vaqtim bilan hisoblangan. Uchrashuv esa soat 11:00 ga belgilangandi, ya'ni bu yig‘ilish boshlanishidan bir necha daqiqa oldin sodir bo'ldi. Men odatda 15-10 daqiqada kelaman. Shu kuni esa tasodifan, balki Alloh meni qutqargandir, biroz kechroq yetib keldim”,– deydi birinchi prezident.

Karimovning ta'kidlashicha, o‘shanda uning mashinasi masofadan boshqarish pulti orqali portlatib yuborilishi kerak bo'lgan minalangan mashinaning oldiga yetib borishiga 150 metrcha qolgandi. Prezidentni uning qo‘riqlash boshlig‘i Rustam Xo‘jaev qutqarib qolgan. U mashinani kesib o‘tib, kortejning yo‘lini to‘sib avtomobilni burib to‘xtatgan. Bu vaqtda portlash sodir bo'lgan.

Shuningdek, prezident portlashlar sodir etganlar diniy ekstremistlar va mutaassiblar ekanini qo‘shimcha qilgan.

"Biz buni aniq bilamiz, bizda portlashlar sodir etganlar diniy aqidaparastlar bo'lganligi haqida ma'lum bir dalillar bor. Ma’salan, qochib ketayotgan ikki nafari “Allohu akbar” deb baqirishdi. Bizning tartibni tiklash, kerak bo‘lsa, bu yaramaslarning qo‘llarini kesib tashlash uchun kuchimiz yetarli”, deya taʼkidlagan Karimov.

Gumonlar va ayblovlar

Wikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati Tojikistonni ham hujumlarda sheriklikda ayblab, bunga javoban mamlakat bilan chegarasini vaqtincha yopib qo‘ygan.

Hukumat teraktlarda islomiy terrorchi tashkilot hisoblangan O‘zbekiston Islomiy Harakatini (O‘IH) ayblagan bo‘lsa-da, tanqidchilar bunga shubha bilan qarashadi. Ba'zilar Rossiyani ayblasa-da, boshqalar buni ehtimoldan yiroq deb atashadi. Yana bir tasdiqlanmagan ehtimoliy nazariyaga koʻra, koʻpchilik musulmon boʻlgan Tojikiston hukumatidagi kuchlar Oʻzbekistonning tojik muxolif guruhlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun oʻch olishgan. Bunga aybdorlar tariqasida tojik terrorchi guruhlari, xususan, Birlashgan Tojik Muxolifati ham ko‘rsatilgan.

Boshqalar esa, hujumlar ortida hukumatning o‘zi javobgarligi, yoki yaqinda hukumatdagi hokimiyat ulushi qisqartirilgan raqobatchi “klanlar” turganini taxmin qilishdi. Xususan, bunda Toshkent “klani” tomonidan nazorat qilingan Milliy xavfsizlik xizmati ishtirok etgani taxmin qilingan. Ammo bu taxminlar o‘z tasdiqini topmagan.

Hukumatning javobi va aybdorlarning jazolanishi

Portlashdan ikki soat o‘tib, prezident Karimov va O‘zbekiston xavfsizlik kuchlari rahbarlari portlashni uyushtirgan shaxslarni islomiy jangarilar deb e’lon qildi. Xalqaro Amnistiya ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlarga aloqadorlikda ayblanib 22 kishi sud qilingan. Ammo, norasmiy manbalarda ta’kidlanishicha, aslida juda ko'p odamlar hibsga olingan. Hisob-kitoblarga ko'ra, 100 dan 5000 gacha.

O‘sha kunning o‘zida televideniye efirlarida ushbu voqealarni sodir etganlikda gumonlanganlarning fotosuratlari e’lon qilinib, ularni topishda yaqindan yordam berganlarga katta miqdorda pul mukofoti va’da qilingan.

Inson huquqlari guruhlari hibslarni noqonuniy deb tanqid qilgan. Ular, shuningdek, hukumatni noqonuniy yo‘l bilan dalil to'plashda va qiynoqlar orqali iqrorlik olishda ayblashgan.

Wikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-yil yanvar oyida musulmonlarning Ramazon bayrami arafasida hukumat hujumlarda ishtirok etganlikda gumon qilingan 6 nafar kishining qatl etilganini e'lon qilgan.

2021-yilning sentabr oyida 24 yil avval qidiruvga berilgan “Turkiston Islomiy Harakati” xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi xorijda qo‘lga olinib, Toshkentga olib kelindi.

Ushbu shaxs 1969-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1998-yil boshida u iordaniyalik terrorchi Xattob tomonidan tashkil etilgan jangarilar lagerida maxsus tayyorgarlikdan o‘tish uchun Chechenistonga borgan, so‘ngra Afg‘onistondagi xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan. 1999-yil yanvar oyida Turkiston Islomiy Harakati rahbarlarining buyrug‘i bilan Toshkentga keladi va bu yerda badavlat fuqarolarning uylariga hujum qiladi, o‘g‘irlangan pul va qimmatbaho buyumlarni Afg‘onistonga olib o‘tadi.

Qo‘lga olingan shaxs 1999-yil 16-fevral va 30-mart kunlari Toshkent shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlarida ham ishtirok etgan. Shundan so‘ng 1999-2006-yillarda xorijiy davlatlarda xalqaro terroristik tashkilotlar saflarida jang qilgan.

Yana bir terrorchi O‘zbekistonga 2022-yil yanvarida olib kelingan. Toshkent viloyatida tug‘ilgan 55 yoshli fuqaro 1998-yilda Chechenistonda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, so‘ngra 1999-yil 16-fevralda Toshkentda sodir etilgan teraktlarda ishtirok etgan. Shundan so‘ng erkak O‘zbekistondan qochib ketgan.

Bundan tashqari, u “Turkiston Islomiy Harakati” terrorchilik tashkiloti aʼzolarini Chechenistonda terrorchi Xattob tomonidan tashkil etilgan jangarilar tayyorlash lagerlariga yuborish tizimini tashkil etishda ishtirok etgan.

2001-yilda soxta hujjatlar asosida MDH davlatlaridan birining fuqaroligini olishga va uning hududida yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, u Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijiy maxsus xizmatlar bilan birgalikda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qoʻlga olingan.

2021-yilning 24-iyulida Toshkent viloyati sudida “16 fevral voqealari”ga aloqadorligi yuzasidan sudlangan 5 nafar shaxsga oqlov hukmi e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, oqlangan 5 nafar fuqaroga 1999-yilda 3 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan. 1999-yilda o‘tan sud hukmidan norozi bo‘lgan 5 nafar fuqaro oradan 22 yil o‘tib, sudga appelyasiya shikoyati bilan murojaat qilgan.

Ta’kidlanishicha, ularga Jinoyat kodeksining 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) ya’ni davlat organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan harakatlarni qasddan bajarmasligi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Shuningdek, ularga 1999-yilda Prezidentning 9-mayni Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan amnistiya farmonining 2-moddasi tatbiq etilib, tayinlangan jazoni o‘tashdan ozod qilingan.

Maqola muallifi : Sardor To‘lanboyev


Siyosat


														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

														
														Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

														
														Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026

														
														Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026

														
														Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026

														
														Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada o‘tgan NATOning 36-sammiti yakunida alyans yetakchilariga ularning ismi o…
12:31 / 09.07.2026

														
														Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 7-iyul kuni Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib E…
10:04 / 08.07.2026

														
														“Yo kelishamiz, yo ishni oxiriga yetkazamiz”. Tramp Eronga yana tahdid qildi

“Yo kelishamiz, yo ishni oxiriga yetkazamiz”. Tramp Eronga yana tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 6-iyul kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Eron bilan muzokaralar borasida keskin bayonot …
12:35 / 07.07.2026

														
														AQSh va Eronning Dohadagi muzokaralari yakunlandi

AQSh va Eronning Dohadagi muzokaralari yakunlandi

Qatar poytaxti Doha shahrida AQSH va Eron o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi bilvosita muzokaralar yakunlandi.
08:52 / 02.07.2026

Bu ham qiziq

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026
Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026
YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026
Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026
Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026
Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

AQSh Mudofaa vazirligi 30 yosh va undan katta harbiy xizmatchilarda testosteron yetishmovchiligini majburiy tekshirishni naz…
09:27 / 04.09.2026
Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida Tashkent International Half Marathon – 2026 xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Isht…
15:11 / 02.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!