$
11935.37 UZS
23.66
₽
145.58 UZS
-0.91
€
13432.07 UZS
112.4
31° Kechasi 18°

Abdulaziz Komilov Afg‘oniston ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

11:27 / 20.06.2022

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili A.X.Kamilov boshchiligidagi delegatsiyaning Afg‘onistonga 2022-yil 19-iyun kuni amalga oshirilgan tashrifi natijalari bo‘yicha maʼlumotlar Afg‘oniston mahalliy axborot vositalari orqali zudlik bilan yoritib borilyapti.

Mahaliy OAV, jumladan, Komilovning Afg‘oniston ichki ishlar vaziri v.b. Sirojiddin Xaqqoniy bilan uchrashuvi haqida ham yozmoqda.

Sirojiddin Xaqqoniy uchrashuv avvalida Komilovni ilgari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimida Afg‘oniston uchun o‘ynagan ijobiy roli uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, u A.Komilovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuv davomida Afg‘onistondagi xavfsizlik masalalari muhokama qilindi va tomonlar iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishi uchun xavfsizlik taʼminlanishi zarurligini taʼkidladilar.

Komilov Ichki ishlar vazirini Termiz–Mazori-Sharif–Kobul temir yo‘li loyihasini amalga oshirishda xavfsizlikka alohida eʼtibor qaratishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, ushbu temir yo‘l loyihasi mintaqa va Afg‘onistonning iqtisodiy farovonligida muhim rol o‘ynashi mumkin.

Haqqoniy Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini yuqori baholadi va Afg‘oniston havfsizlik kuchlari barcha milliy loyihalar, ayniqsa, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan temir yo‘l va elektr tarmoqlari qurilishi loyihalariga eʼtibor qaratishiga ishontirdi.

Mamlakat IIV vaziri qo‘shimcha qilib, Afg‘onistonda erishilgan g‘alabadan so‘ng Islom Amirligi mamlakatda tinchlikni o‘rnata olganini taʼkidlab, qo‘shni davlatlar uchun chegaralarda xavfsizlikni taʼminlash masalasi alohida ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u berib o‘tdi.

Suhbat yakunida tomonlar mamlakatlar iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanishi uchun ikki davlat yanada yaqinroq ishlashiga harakat qilishiga vaʼda berdi.


Bu ham qiziq

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqar…
11:06 / 05.11.2026
YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Özbekistonda ekstremistik taşkilotlarda iştirok etganlik uçun 10 yilgaça qamoq jazosi belgilandi

Özbekistonda ekstremistik taşkilotlarda iştirok etganlik uçun 10 yilgaça qamoq jazosi belgilandi

Özbekistonda ekstremizmga qarşi kuraşiş sohasidagi qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Unga köra, ekstremistik,…
09:39 / 04.11.2026
Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbo…
16:14 / 05.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Bu mamlakat paxtaçiligi tarixidagi re…
15:53 / 05.11.2026
Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026
Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026
Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropaning qator davlatlarida aholi daromadining katta qismini uy-joy xarajatlariga sarflamoqda. 2025-yil yakunlariga köra,…
09:47 / 04.11.2026
Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqandda Umra safariga yuboriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan rahbar uşlandi

Samarqand şahrida fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan turistik fi…
09:27 / 04.11.2026
OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!