Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqaroga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa tumandagi Gulsaroy köçasida sodir bölgan. Fuqarolar avtomobil yölining qatnov qismini tösib, transport harakatiga xalaqit bergan va jamoat tartibini buzgan.
Huquqbuzarlardan biri yölni tösib, öyin-kulgi qilganini, bunday harakatlar oqibatini oldindan öylamaganini bildirgan. Yana bir fuqaro esa soat 16:00 atrofida kelinning uyidan çiqiş vaqtida xursandçilikka berilib, yölni tösib qöyişganini aytgan. Ular qilmişlaridan puşaymon ekanini bildirib, bunday holat boşqa takrorlanmasligini ta’kidlagan.
Holat yuzasidan ötkazilgan suriştiruv natijasida fuqarolarning harakatlari Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan baholangan. Tegişli hujjatlar sudga yuborilgan.
Sud qaroriga köra, sakkiz nafar şaxsning har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Jazo muddatini hisoblaş 2026-yil 3-noyabrdan boşlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!