Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli profilaktik oyligi doirasida YPX inspektori Damas rusumli avtomobilni hujjatlarini tekşiriş uçun töxtatgan. Tekşiruv davomida haydovçida öziga tegişli bölmagan transport vositasini boşqariş uçun zarur hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan.
Şundan söng haydovçiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtomobil jarima maydoniga joylaştirilgan. Şu vaqtda maşinada yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro telefoniga YPX inspektorini haqorat qilgan holatni videoga olib, keyinçalik uni Instagram sahifasiga joylagan.
Holat yuzasidan töplangan hujjatlar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 195-2-moddasi bilan sudga yuborilgan.
Böston tumani jinoyat işlari böyiça sudining qaroriga köra, fuqaroga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!