2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga yöllagan tabrigida uşbu natijani Yangi Özbekiston tarixidagi rekord körsatkiç sifatida qayd etdi.
Prezident tabrigiga köra, sönggi yillarda paxta ekiladigan maydonlar 38 foizga qisqartirilganiga qaramay, hosildorlik gektariga 21 sentnerdan 56 sentnerga yetgan. Joriy yilda qariyb 400 ming gektar maydonda örtaça hosildorlik 70 sentnerni, salkam 70 ming gektarda esa 100–110 sentnerni taşkil etgan.
Rekord hosilga erişişda paxtaçilikda ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasi, mahalliy şaroitga mos serhosil navlar, zamonaviy agrotexnologiyalar hamda suv tejovçi usullarning joriy etilişi muhim omillar sifatida körsatilmoqda.
Şuningdek, paxta yetiştiriş tizimida iqtisodiy islohotlar amalga oşirildi. 2020-yil hosilidan boşlab davlat buyurtmasi bekor qilinib, paxtaning xarid narxini davlat tomonidan belgilaş amaliyotiga barham berildi. Bu fermerlarning iqtisodiy manfaatdorligini oşiriş va bozor munosabatlarini kengaytirişga qaratilgan edi.
Paxta terimida mexanizatsiyalaş darajasi ham oşdi. Joriy yilda hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta teriş maşinasi yordamida 30–35 kun içida yiğib olindi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalaşgan terim darajasi 100 foizga yetdi. Suv tejovçi texnologiyalar hisobiga paxtaçilikda suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki baravar kamaygani ham qayd etilgan.
Islohotlar mehnat munosabatlarida ham özgarişlarga olib keldi. Xalqaro mehnat taşkiloti 2022-yilda Özbekistonda 2021-yilgi paxta mavsumida tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berilganini ma’lum qilgan. Şundan söng özbek paxtasiga nisbatan xalqaro boykot ham bekor qilingan.
Paxtaçilikdagi özgarişlar qayta işlaş sanoatida ham aks etmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga köra, Özbekiston töqimaçilik sanoatida band bölganlar soni 2018-yildagi 188 ming nafardan 2024-yilda qariyb 600 ming nafarga yetgan.
Joriy yilda fermer xöjaliklari paxta yetiştirişdan 13–14 trillion söm sof foyda olişi kutilmoqda. Kelgusi yil uçun esa hosildorlikni örtaça 65–70 sentnerga yetkaziş, agrodronlar, sun’iy intellekt va suv hamda energiya tejovçi texnologiyalardan foydalanişni kengaytiriş maqsad qilingan.
Şunday qilib, 5 million tonnadan ortiq paxta hosili sohada hosildorlik, mexanizatsiya va işlab çiqariş samaradorligini oşirişga qaratilgan özgarişlar fonida qayd etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!