Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbolçi bu haqda Instagram sahifasida joylangan videomurojaati orqali ma’lum qildi.
Ronaldu 23 yil davomida Portugaliya terma jamoasi şarafini himoya qildi. Xayrlaşuv murojaatida u faoliyati davomida qöllab-quvvatlagan muxlislar, jamoadoşlari, murabbiylar, jamoa xodimlari va oila a’zolariga minnatdorçilik bildirdi.
«Men bu libos uçun borimni berdim. Har doim ğalaba qozonişni, eng yaxşisi bölişni va tarix yaratişni xohladim. Bugun anglab yetdimki, mening eng katta ğalabam — dunyodagi eng yaxşi mamlakatni himoya qiliş şarafiga muyassar bölganimdir. 7-raqamli libos öz örnida qoladi, ammo uni kiyganimdagi ğurur men bilan birga ketadi. Portugaliya hamişa mening bir qismim bölib qoladi», — dedi futbolçi.
Ma’lumot uçun, Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan 2016-yilda Yevropa çempionligini, şuningdek, Millatlar ligasi kubogini qölga kiritgan. U milliy jamoa safida 234 ta öyin ötkazib, 146 ta gol urgan. Har ikki körsatkiç böyiça xalqaro futbol rekordçisi hisoblanadi.
Şu tariqa, Portugaliya futboli tarixidagi eng sermahsul futbolçilardan biri bölgan Ronaldu 23 yillik xalqaro faoliyatiga yakun yasadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!