O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2026 yilgi Jahon chempionatining ilk turida tarixiy natija qayd etdi. Kolumbiyaga qarshi bahsda u soatiga 36 kilometr tezlikka erishib, musobaqa birinchi turining eng tezkor futbolchisi bo‘ldi.
SofaScore platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi ushbu ko‘rsatkich bilan barcha ishtirokchilarni ortda qoldirdi. Reytingda ikkinchi o‘rinni Josip Stanišić (35,9 km/soat), uchinchi o‘rinni esa Wilfried Singo (35,8 km/soat) egalladi. Fayzullayev chempionatning ilk turida yana bir tarixiy natijaga erishdi.
U O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi. Bundan tashqari, Opta statistikalariga ko‘ra, bo‘yi 167 santimetr bo‘lgan futbolchi XXI asrda Jahon chempionatlarida bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchi sifatida tarixga kirdi. Shu tariqa, Abbosbek Fayzullayev nafaqat O‘zbekiston, balki jahon futboli tarixida ham o‘z nomini muhrlashga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!