Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQShlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Marhamat tumanidagi “M.A.O” MChJ va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “B.Q” MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan benzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-92 markali benzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘lgan.
Xabarda, holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilganligi aytilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!