Joriy yilning 28-iyul kuni soat 14:08 da Andijon shahar Paxtakor MFY Janubiy paxtakor ko‘chasida joylashgan aholi yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan, soat 14:11 da aytilgan manzilga 3 ta YoQElari yetib borgan va soat 14:26 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan. Bu haqda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Xabar berilishicha, ushbu yong‘in natijasida yashash uyining 70 m.kv shift, tom qismi va uy ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
Shuningdek, voqea natijasida tan jarohati holatlari qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!