AQSh harbiylari Prezident Donald Tramp Eronga zarba berish haqida buyruq chiqargan taqdirda, bir necha hafta davom etishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, ehtimoliy harbiy missiya avvalgi cheklangan zarbalardan ancha jiddiyroq tus olishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon Yaqin Sharqqa qo‘shimcha aviatsiya tashuvchisi, minglab harbiy xizmatchilar, qiruvchi samolyotlar va boshqariladigan raketa qurilmalarini yubormoqda. O‘tgan hafta AQSh va Eron diplomatlari O‘mon orqali muzokaralar o‘tkazgan bo‘lsa-da, Tramp Shimoliy Karolinadagi harbiy baza oldida so‘zga chiqib, Tehron bilan kelishuvga erishish qiyin kechayotganini aytgan va zarurat tug‘ilsa kuch ishlatilishini inkor etmagan.
Ehtimoliy uzoq muddatli kompaniya faqat yadroviy obyektlargina emas, balki Eronning davlat va xavfsizlik infratuzilmasini ham nishonga olishi mumkin.
Bu kabi ssenariy AQSh kuchlari uchun yuqori xavf tug‘dirishi mumkin. Eronning javob zarbalari mintaqaviy mojaroni kengaytirishi ehtimoli yuqori.
Shuningdek, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ehtimoliy zarbalarga javoban mintaqadagi Qo‘shma Shtatlar bazalariga hujum qilish bilan tahdid qilgan.
Ma’lumot uchun, Qo‘shma Shtatlarning Iordaniya, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, BAA va Turkiyada harbiy qarorgohlari mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!