AQShning Tennessi shtatidagi Accurate Energetic Systems zavodida ro‘y bergan portlash oqibatida bir nechta odam halok bo‘ldi. Ularning aniq soni hozircha noma’lum, sog‘liqni saqlash departamenti bu haqda rasmiy ma’lumot bermagan.
Shuningdek, portlashdan so‘ng kamida 19 kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilinmoqda. Yana bir nechta odam shifoxonaga yotqizilgan.
Accurate Energetic Systems zavodida portlovchi moddalar ishlab chiqariladi. Ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya AQSh Qurolli kuchlariga dinamit, piyodalarga qarshi mina va katta kalibrli o‘q-dorilar uchun portlovchi moddalar yetkazib beradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!