Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaga oid navbatdagi holat fosh etildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining sudya yordamchisi xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga uringani aytilmoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, u Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limlaridan birida faoliyat yuritayotgan fuqaroni go‘yoki o‘zining mansabdor tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yganini bildirgan.
Shuningdek, kelgusida ushbu fuqaroni o‘ziga ma’qul bo‘lgan boshqa tuman MIB bo‘limiga o‘tkazib berishini va’da qilib, buning evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan.Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sudya yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘ini xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!