Tailandning Pattaya shahrida badiiy gimnastika boʻyicha oʻtkazilgan qitʼa birinchiligi yakunlandi.
Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi qitʼa birinchiligining soʻnggi kunida 6 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritdi.
Kechagi kun Taxmina Ikromovaning benefisiga aylandi deyish mumkin. Sportchimiz halqa, toʻp va bulava mashqlarida tengsiz, deb topildi.
Shuningdek, yana bir taniqli vakilamiz Sabina Tashkenbayevaning toʻp bilan amalga oshirgan dasturi kumush medalga loyiq koʻrildi.
Guruh mashqida 3 tasma va 2 toʻp bilan oʻz dasturini ijro qilgan qizlarimiz ham qitʼamiz vakilalari orasida eng yuqori koʻrsatkichni qayd etishdi.
Jamoamiz hisobiga yana 2 ta oltin medalni yoshlar toifasida Evelina Atalyansning bulava, Vilana Savadyanning esa tasma bilan chiqishi keltirdi.
Guruh mashqida 5 toʻp bilan oʻz chiqishlarini namoyish etgan qizlarimiz esa shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilishdi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasining mazkur qitʼa birinchiligida jamgʻargan medallari 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi va badiiy gimnastika boʻyicha terma jamoamizni qitʼa birinchiligida erishgan ushbu yutugʻi bilan qutlab qoladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!