AQSh Adliya vazirligi mamlakat prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hunter Baydenning telefonidan giyohvand moddalarni iste’mol qilganligini ko‘rsatuvchi fotosuratlarni topganini e’lon qildi.
Bo‘lim hisobotida 2018-yil oxirida Hunter Baydenning o‘sha davrdagi giyohvandlikka ishora qilgan fotosuratlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Fotosuratlarda, xususan, giyohvand moddalarning paketlari va ulardan foydalanish uchun materiallar ko‘rsatilgan. Shuningdek, Hunter Baydenning noqonuniy moddalarni iste’mol qilish holatlari haqidagi dalillari ichida ularni sotib olish bilan bog‘liq yozishmalarining skrinshotlari ham bo‘lgan.
Avvalroq, Sputnik radiosi FQB Hunter Baydenning g‘ilofida kokain izlarini topganini yozgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!