Qozog‘istonning yetakchi shaxmatchilaridan biri Bibisora Asaubayeva 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mamlakat ayollar terma jamoasiga boshchilik qiladi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lum qildi.
FIDE e’lon qilgan tarkibga ko‘ra, ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida 5-o‘rinni egallab turgan Asaubayeva Samarqandda bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqada Qozog‘istonning asosiy umidi sifatida ishtirok etadi.
Qozog‘iston terma jamoasi safidan, shuningdek, jahon qizlar reytingida 2-o‘rinni egallab turgan Alua Nurman, 4-o‘rin sohibasi Meruyert Kamalidenova, Elnaz Kaliaxmet va Zarina Nurg‘aliyeva ham o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi joriy yilning 15–27-sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. FIDE reytingiga ko‘ra, Qozog‘iston ayollar terma jamoasi musobaqaning to‘rtinchi raqamli jamoasi sifatida baholanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!