Meksikaning Kulyakan shahrida TikTok blogeri Sesar Gastelum jonli efir vaqtida noma’lum qurolli shaxslar hujumiga uchrab, halok bo‘ldi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 600 ming nafar obunachiga ega bo‘lgan bloger do‘stlari bilan fastfud restorani oldida jonli efir olib borayotgan paytda ikki nafar motosiklchi uning yoniga kelgan.
Jonli efir tasvirlarida motosiklchilardan biri blogerga yaqin masofadan o‘q uzgani aks etgan. Olingan tan jarohatlari oqibatida Sesar Gastelum voqea joyida vafot etgan.
Hozircha huquq-tartibot idoralari qotillik sabablari yuzasidan rasmiy ma’lumot bermagan. Hodisa bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Kulyakan shahri Meksikadagi uyushgan jinoiy guruhlar faol bo‘lgan hududlardan biri bo‘lib, bu yerda qurolli to‘qnashuvlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!