Fabio Kannavaro maoshi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Cannavaro OAV vakillari bilan uchrashuvda o‘zining maoshi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Italiyalik mutaxassis yillik maoshi 4 million yevro ekani haqidagi ma’lumotlarni qat’iyan rad etdi.
“Mening yillik maoshim 4 million yevro emas. Ammo bunday noto‘g‘ri ma’lumotlar juda ko‘p takrorlanmoqda va bunga ishonish kerak emas”, — dedi Kannavaro.
Matbuot anjumanida uning murabbiylar shtabi bilan bog‘liq moliyaviy masalaga ham aniqlik kiritildi.
Ma’lum qilinishicha, bosh murabbiy bilan birga ishlayotgan yordamchi murabbiylarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan alohida maosh to‘lanmaydi.
Ularning ish haqi Kannavaroning shartnomasi doirasida qoplanadi, ya’ni yordamchi murabbiylarning maoshi bosh murabbiy uchun ajratilgan umumiy mablag‘ hisobidan to‘lanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!