$
11886.72 UZS
-55.49
146.37 UZS
-1.05
13717.27 UZS
-25.83
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

09:19 / 06.08.2026

O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 2026–2028 yillarda 463 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Ushbu dastur go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.

Dastur doirasida faoliyati to‘xtab qolgan 103 ta chorvachilik korxonasi qayta tiklanadi, chorvachilikka ixtisoslashgan 13 ta tuman qo‘llab-quvvatlanadi va aholi xonadonlarida 11 mingta yengil konstruksiyali molxona quriladi. Shuningdek, umumiy qiymati 3 trillion so‘mlik 802 ta yangi loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihalar doirasida minglab bosh qoramol, qo‘y va echkilar parvarishlanadi.

Rejalashtirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatda yiliga qo‘shimcha 190 ming tonna go‘sht hamda katta hajmda sut ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, Mo‘g‘uliston, Xitoy, Yevropa davlatlari va Belarusdan naslli chorva mollari olib kelinishi hisobiga yana 44 ming tonna qo‘shimcha go‘sht ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, chorvachilikka ixtisoslashgan 2 407 ta mahalla va 823 ming xonadonni qo‘llab-quvvatlash, ularga naslli chorva yetkazib berish, sun’iy urug‘lantirish, veterinariya xizmatlarini yaxshilash hamda yem-xashak bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu orqali chorva mahsuldorligi oshib, aholi daromadlari ko‘payishi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ichki bozorni barqaror ta’minlash maqsad qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga barcha loyihalarning iqtisodiy samaradorligini chuqur tahlil qilish, ajratilayotgan mablag‘lardan oqilona foydalanish, raqamli monitoring tizimini joriy etish hamda ichki bozorni sifatli va hamyonbop go‘sht-sut mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 2026–2028 yillarda 463 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘na…
09:19 / 06.08.2026

														
														6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

5 avgust soat 20 dan 6 avgust soat 20 gacha
17:09 / 05.08.2026

														
														Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
16:02 / 05.08.2026

														
														Bolalardan foydalanib oltin quyma va valyutani yashirincha olib chiqishga urinish holatlari fosh etildi

Bolalardan foydalanib oltin quyma va valyutani yashirincha olib chiqishga urinish holatlari fosh etildi

Fuqarolardan biri 450 mln so‘mlik oltinni, boshqasi esa 40 ming AQSh dollar miqdoridagi banknotlarni O‘zbekistondan yashirin…
15:52 / 05.08.2026

														
														Konimexda 2 kilogrammdan ortiq opiy olib ketayotgan xorijlik ushlandi

Konimexda 2 kilogrammdan ortiq opiy olib ketayotgan xorijlik ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida y…
15:34 / 05.08.2026

														
														Fabio Kannavaro maoshi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Fabio Kannavaro maoshi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Cannavaro OAV vakillari bilan uchrashuvda o‘zining maoshi haqida tarqa…
14:50 / 05.08.2026

														
														Samarqand-2028 sun'iy yo'ldoshi orbitaga uchirildi

Samarqand-2028 sun'iy yo'ldoshi orbitaga uchirildi

5-avgust kuni STAR.VISION kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platforma…
10:04 / 05.08.2026

														
														AQSHda Tramp xavfsizligiga tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi

AQSHda Tramp xavfsizligiga tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi

2-avgust kuni AQSH prezidenti Donald Trampning tashrifi arafasida xavfsizlik xodimlari golf maydoni hududida shubhali haraka…
09:22 / 05.08.2026

														
														Xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta pog'onadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish taklif qilindi

Xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta pog'onadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish taklif qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining oylik ish haqi tizimi va mehnatga haq toʻlash shartlarini mu…
17:37 / 04.08.2026

														
														5-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

5-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-…
16:44 / 04.08.2026

Bu ham qiziq

Putin og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan ayrim shaxslarni armiyaga qabul qilishga ruxsat berdi

Putin og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan ayrim shaxslarni armiyaga qabul qilishga ruxsat berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan ayrim shaxslarning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan harbiy…
14:31 / 05.08.2026
4-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

4-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:09 / 03.08.2026
O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 2026–2028 yillarda 463 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘na…
09:19 / 06.08.2026
6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

5 avgust soat 20 dan 6 avgust soat 20 gacha
17:09 / 05.08.2026
“Dunyodagi eng xunuk it” internet yulduziga aylandi

“Dunyodagi eng xunuk it” internet yulduziga aylandi

Xitoyda Huahua laqabli it o‘zining noodatiy tashqi ko‘rinishi sabab ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Mahalliy OAVl…
09:52 / 05.08.2026
O‘zbekistonga 21 tonna qalbaki dorilarni olib kirishga urinish fosh etildi

O‘zbekistonga 21 tonna qalbaki dorilarni olib kirishga urinish fosh etildi

Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 7,3 mlrd so‘mdan oshadi.
14:28 / 04.08.2026
Messi Ronalduning to‘yiga boradimi?

Messi Ronalduning to‘yiga boradimi?

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges bilan bo‘ladigan to‘yiga uzoq yi…
10:09 / 05.08.2026
Samarqand-2028 sun'iy yo'ldoshi orbitaga uchirildi

Samarqand-2028 sun'iy yo'ldoshi orbitaga uchirildi

5-avgust kuni STAR.VISION kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platforma…
10:04 / 05.08.2026
Toshkentda mast yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etdi

Toshkentda mast yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etdi

Kecha, 4-avgust kuni soat taxminan 05:30 da Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Shirinobod” mahallasi hududida 2004-yi…
11:09 / 05.08.2026
Toshkentda o‘z uyidan majburan chiqarib yuborilganini aytib murojaat yo‘llagan shaxslarning ishi ko‘rib chiqildi

Toshkentda o‘z uyidan majburan chiqarib yuborilganini aytib murojaat yo‘llagan shaxslarning ishi ko‘rib chiqildi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro R.Payanov va boshqalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan uydan majburiy ravishda chiqarib yuborilganlik…
09:05 / 04.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!