$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bola nega tirnogʻini tishlaydi?

15:54 / 29.04.2022

Bola qoʻlini ogʻzidan chiqarmaydi yoki barmoqlarini birin-ketin ogʻziga soladi. Tanish holatmi? Albatta, ota-onalar bu holdan bezovtalanishadi va farzandlarini ushbu odatdan xalos qilishga urinishadi.

Mazkur muammo deyarli har bir oilaning maktabgacha yoshdagi farzandida sodir boʻladi. Baʼzi bolalarda tezda oʻtib ketadi, boshqalarda esa uzoq yillarga choʻzilishi mumkin. Ushbu odatning “surunkali” holatga aylanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun bolaning nima sababdan tirnoqlarini tishlashini aniqlash va muammoni bartaraf etishga harakat qilish kerak.

Nima uchun bola tirnoqlarini tishlaydi?

Sabablari juda xilma-xil boʻlishi mumkin. Baʼzida bu shunchaki odat, baʼzan esa jiddiy psixologik muammo hisoblanadi. Xoʻsh, nima uchun bola tirnoqlarini tishlaydi? Quyida bu holatning asosiy sabablari bilan tanishishingiz mumkin:

  • haddan ortiq tashvishlanish;
  • charchash;
  • stress (masalan, oilada boshqa bolaning paydo boʻlishi, bolalar bogʻchasiga moslashish, yangi uyga koʻchib oʻtish, ota-onaning ajralishi va boshqalar);
  • emizishni keskin toʻxtatish;
  • avtoagressiya (masalan, bola otasidan gʻazablanadi, lekin otasiga nisbatan salbiy his-tuygʻularni ifodalay olmaydi, shuning uchun agressiyani oʻziga yoʻnaltiradi);
  • tirnoqlar sinishi, kutikulalarning xalaqit berishi;
  • bola birovdan koʻrib takrorlaydi;
  • bolaning shunchaki bekorchi boʻlib qolishi.

Agar bu odat yaqinda paydo boʻlgan boʻlsa, sababini topish uchun bolaning qaysi vaqtda tirnoqlarini tishlay boshlaganini daftarga yoki kundalikka yozib qoʻyish yaxshi natija beradi, masalan, unga baqirganingizda, uxlashga yotganida, televizor tomosha qilganida... Bu orqali holatning sababini aniqlash va muammoni hal qilish osonroq boʻladi.

Bu odatni qanday yoʻqotish mumkin?

Koʻpincha ota-onalar bolaning tirnoqlarini tishlaganidan gʻazablanishni boshlaydilar, ular baqirishadi va hatto urishadi, “Ikkinchi bunday qilganingni koʻrmay” deb bolaning qoʻllarini ogʻzidan olib tashlashadi. Yana qoʻshimchasiga “Bu ishing meni asabimga tegadi, mening oldimda bunday qilma!” deyishadi. Vaholanki, ota-onalarning asosiy vazifasi bolani bu odatdan xalos qilishgina emas, balki uning sababini aniqlashdir. Eng muhimi, bir kunni ham oʻtkazib yubormaslikdir. Bola tirnoqlarini tishlaganini koʻrishingiz bilan harakatni boshlash lozim. Bolaning qoʻllarini ushlab, bola bilan gaplashing, xotirjam ohangda tushuntiring.

Stressni yoʻq qiling

Bola tirnoqlarini tishlay boshlagan vaqtni tahlil qiling, bundan oldin nima boʻlgan? Ehtimol, uning yaqinda singlisi yoki ukasi tugʻilgan va endi unga koʻproq eʼtibor qaratilmayotgandir? Yoki ota-onaning oʻzaro janjali guvohi boʻlgan va tashvishlangandir?

Bolaning hayotidagi stressga sabab boʻlgan omilni topish va uni yoʻq qilish, stressli vaziyatlarni imkon qadar cheklash kerak. Albatta, baʼzi omillarni istisno qilib boʻlmaydi: masalan, agar oilaviy boshqa shaharga yoki yangi kvartiraga koʻchib oʻtgan boʻlsangiz, oilada chaqaloq tugʻilgan boʻlsa, unda siz bola bilan gaplashib, bu holat normal ekanligiga uni ishontirishingiz va nima boʻlayotganini tushuntirishingiz lozim. Farzandingizni koʻproq quchoqlang, uni erkalang va qoʻllab-quvvatlang.

Bola bilan muzokaralar olib boring

Bir paytlar bola stressni boshdan kechirgan, lekin bu holatni tirnoqlarini tishlash odati tufayli yenggan. Stress yoʻqoladi, lekin odat saqlanib qoladi. Agar siz bolaning odati bilan alohida shugʻullanayotgan boʻlsangiz, u bilan kelishib olishingiz mumkin. Farzandingizga “Agar tirnoqlaringni olishga ruxsat bersang, doʻkonga borib, xohlagan narsangni xarid qilamiz” qabilida kelishuv taklif qiling. Keyinchalik, yangi shartni qoʻshishingiz mumkin: “Agar tirnoqlaringni uch kun davomida tishlamasang, biz sen bilan sevimli kafemizga boramiz (oʻzingiz tanlagan boshqa variant)”.

Albatta, boshlanishiga bola oʻzini tuta olmay kelishuvni buzishi mumkin. Asosiysi bolani sharmanda qilish yoki uni jazolash emas, balki “Hamma kelishuvimiz oʻz kuchida, menga bergan vaʼdangni bajarishing bilanoq kelishuvimizni bajaraman” soʻzlari bilan uni tinchlantirish lozim.

Bu kelishuvlar yordamida bolada oʻzini-oʻzi boshqarish stimuli ishga tushadi. Agar bolada bu holat stress tufayli emas, balki shunchaki odat boʻlsa, uni mustaqil ravishda yengishi mumkin.

Oʻyinlar orqali chalgʻiting

Bu oddiy Lego, boshqa konstruktor yoki oʻzingiz tanlagan boshqa oʻyinlar boʻlishi mumkin.

Qum bilan: bolaning qoʻllarini qumga koʻming, ehtiyotkorlik bilan qazishi kerakligi, ammo qoʻllari bir-biriga tegishi mumkinmasligini tushuntiring. Agar qoʻllari bir-biri bilan uchrashsa, oʻyin tugatiladi.

“Sehrli qoʻlqoplar”: Lateks qoʻlqoplarni olasiz, ularni turli xil don, noʻxat, shakar, tuz kabi mahsulotlar bilan zich qilib toʻldirasiz va ularni bir-biriga bogʻlab chiqasiz. Tayyor qoʻlqoplarni kuniga bir marta bolaga oʻynashga berasiz.

Torting! Yopishtirish mumkin boʻlgan qogʻozli tasma skotchlarni eshikka, stolga yoki maxsus oʻyin taxtasiga yopishtirib chiqing va boladan bu skotchlarni tortib, ajratib chiqishini soʻrang.

Koʻpincha bolalar tirnoqlarini tishlabgina qolmay, balki uzib olishadi, shuning uchun bola bu yomon odatidan voz kechishi uchun unga alternativ taklif berish foydali yechim hisoblanadi. Bundan tashqari, bolaga ushbu mavzu boʻyicha baxtli yakunli terapevtik ertak aytib berish yaxshi natija beradi.

Bolaning qoʻllarini band qiling

Turli xil sensorli oʻyinchoqlarni bir nechta savatga yigʻing. Sayohatga, sayrga yoki boshqa joyga borganingizda ham ulardan birini oʻzingiz bilan olib boring. Bu usul bolaning qoʻlini band qilishga katta yordam beradi, shu bilan birga farzandingizning qoʻl motorikasi rivojlanishiga ham taʼsir koʻrsatadi.

Kundalik tartibni oʻrnating

Bolaning ruhiyati uchun nafaqat qandaydir tanqidiy vaziyat stressga aylanishi, balki noratsional kun tartibi ham stressga sabab boʻlishi mumkin.

Farzandingizning kun tartibini tahlil qiling. Ehtimol, qoʻshimcha mashgʻulotlar, darslarni qisqartirib, boladagi zoʻriqishni kamaytirish kerakdir. Televizor va gadjetlarni uzoqlashtiring. Chunki texnika vositalari ham bolaning asab tizimi uchun katta yuk boʻlib xizmat qiladi. Uning oʻrniga koʻproq yurish, jismoniy faollikka oʻrgatuvchi turli xil oʻyinlar oʻylab topib, farzandingiz bilan birga bajaring.

“Tishla!”

5-6 yoshli bolalarga kelsak, teskari usulni sinab koʻrishingiz mumkin. Yomon odat uchun maxsus ajratilgan vaqtni kun rejimiga kiriting. Qaysidir vaqtda bolani oʻyindan, ovqatlanishdan va boshqa mashgʻul ishlaridan toʻxtatib, “Tirnogʻingni tishlash vaqting keldi – tishla!” deng. Bu bilan bolaga psixologik taʼsir koʻrsatib, uni bu odatdan xalos etishingiz mumkin.

Balki shifokorga murojaat qilish kerakdir?

Bu holatda nevropatologga murojaat qilish mantiqqa toʻgʻri keladi, chunki bola tirnoqlarini tishlay boshlasa, bu asab tizimi qaysidir muammoga bardosh bera olmayotganini bildiradi. Bundan tashqari, agar siz bu muammoni oʻzingiz hal qila olmasangiz, psixolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!