$
11853.55 UZS
6.39
141.86 UZS
0.42
13869.84 UZS
26.43
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Donald Tramp bilan uchrashdi va uni O‘zbekistonga taklif qildi

09:14 / 07.11.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentimiz dastlab Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

So‘ng Oval xonada yetakchilar muzokara o‘tkazdilar. O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil sentabr oyida Nyu-York shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, “C5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari Donald Trampni ichki va tashqi siyosatdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning o‘tkir xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasida qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Donald Tramp shu kunlarda O‘zbekiston yetakchisi AQSh hukumati vakillari, yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuv va muzokaralar o‘tkazganini olqishladi.

Yetakchilar qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari AQSh yetakchisini o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

 

Shundan keyin, AQSh Prezidenti Donald Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:

“Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi.

Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz!”.

 


O‘zbekiston


														
														Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Chiroqchi tumanida YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, patrul avtomobiliga urilgan Nexia 2 haydovchisi 15 sutk…
16:19 / 23.08.2026

														
														Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga saylovlar boshlandi

Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga saylovlar boshlandi

Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi ilk bir palatali Qurultoy saylovlariga start berildi.
15:06 / 23.08.2026

														
														“Open budget”da pul va’da qilayotganlardan ogoh bo‘ling

“Open budget”da pul va’da qilayotganlardan ogoh bo‘ling

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram-botlar orqali “Tashabbusli budjet” jarayonida ovoz berish evaziga p…
10:34 / 23.08.2026

														
														Toshkentda xalqaro investitsiyalarning yangi bosqichi muhokama qilinadi

Toshkentda xalqaro investitsiyalarning yangi bosqichi muhokama qilinadi

Ilk bor Toshkent shahrida Markaziy Osiyoga xalqaro investitsiyalarni jalb etishning keyingi bosqichiga bag‘ishlangan muhim p…
10:29 / 23.08.2026

														
														ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 24-avgustdan boshlab 31 ta davlatdagi foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatishni boshlaydi.
10:23 / 23.08.2026

														
														Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

FVV Qozog‘iston Respublikasining Qizilorda viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
18:00 / 22.08.2026

														
														Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” xalqaro festivali qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
12:47 / 22.08.2026

														
														Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yil boshidan buyon sakkiz kishida Kongo-Qrim gemorragik isitmasi aniqlangan. Ular orasi…
12:03 / 22.08.2026

														
														Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani aytilmoqda

Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Ichki ishlar bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani haqid…
12:00 / 22.08.2026

														
														Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Buyuk Britaniyaning Kent grafligidagi hayvonot bog‘ida veterinarlar 18 yoshli, besh metr uzunlikdagi Jodi Foster laqabli to‘…
11:53 / 22.08.2026

Bu ham qiziq

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisi bilan yuzaga kelgan mojaro vaqtida unga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent…
14:43 / 19.08.2026
“Open budget”da pul va’da qilayotganlardan ogoh bo‘ling

“Open budget”da pul va’da qilayotganlardan ogoh bo‘ling

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram-botlar orqali “Tashabbusli budjet” jarayonida ovoz berish evaziga p…
10:34 / 23.08.2026
Surxondaryoda 3 kg dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

Surxondaryoda 3 kg dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yich…
11:21 / 22.08.2026
Saida Mirziyoyeva Buxorodagi 21-sonli MTTning ochilish marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi 21-sonli MTTning ochilish marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Buxoro tumanida zamonaviy va energiyatejamkor talablar asosida rekonstruksiya qilingan 21-sonli MTTning oc…
12:34 / 21.08.2026
Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Bugun, 22-avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sh. Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p…
11:40 / 22.08.2026
ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 24-avgustdan boshlab 31 ta davlatdagi foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatishni boshlaydi.
10:23 / 23.08.2026
Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

AQShda mashhur ijodkorlarning yangi albomlari taqdim etilgan kunlarda o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisalari soni…
11:40 / 19.08.2026
Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026
«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK propagandachisi Pavel Zarubinga bergan «intervyu»sida Kiyevning maqsadi – Rossiya iq…
15:22 / 23.08.2026
Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” xalqaro festivali qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
12:47 / 22.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!