$
11970.67 UZS
20.04
147.59 UZS
-0.11
13748.31 UZS
3.89
31° Kechasi 18°

Bola temperamenti u haqda so‘zlaganda…

21:48 / 31.05.2022

Bolalar tug‘ilishi bilan bir-biridan fe’l-atvori jihatdan farq qiladi. Psixolog huzuriga kelgan ota-onalar: “Nega mening bolam doim qichqiradi, qo‘shnining bolasi esa juda xotirjam?” kabi savollar bilan yuzlanishadi. Endigina dunyoga kelgan go‘daklar haqiqatan ham, bir-biridan farqlanadi va bu tabiiy holat hisoblanadi. Chunki har bir go‘dakning o‘ziga xos temperamenti bor.

Temperament – bu asab tizimining tug‘ma, tabiat tomonidan tuhfa etilgan individual shaxsiy xususiyatlar to‘plami hisoblanadi. Tabiat tomonidan berilgan bu shaxsiy xususiyatlar bolaning qanchalik faolligini, uning atrofidagi hayotga qanday munosabatda bo‘lishini, uning faoliyati qanchalik intensiv bo‘lishini belgilaydi. Temperamentni o‘zgartirib bo‘lmaydi, lekin uni boshqarishni o‘rganish mumkin.

Temperamentlar yomon va yaxshi turga bo‘linmaydi, aksincha har bir temperamentning o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Temperamentning to‘rtta asosiy turi mavjud: xolerik, sangvinik, melanxolik va flegmatik. Ularning har biri o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga va ularning kombinasiyasiga ega. 

Ota-onalar, birinchi navbatda, farzandlari bilan ziddiyatlarga duch kelmaslik uchun bolaning temperamenti turini bilishlari muhimdir. Quyida turli xil temperamentli bolalarning “portretlari”ni ko‘rib chiqib, farzandingiz qaysi temperamentga mansub ekanini bilib olishingiz mumkin.

Bola – xolerik.

U juda jahldor, o‘ziga ishongan va shijoatli, bir zumda qaror qabul qiladi, shuning uchun uning g‘oyalari o‘ylab topilmagan, lekin juda qiziq. U har doim nima istayotganini biladi. Xolerik bola juda harakatchan, uzoq kutishga toqat qilmaydi, kayfiyati keskin o‘zgaradi. Uning yangi muhitda o‘zini qanday tutishini oldindan aytish qiyin – reaksiya kutilmagan bo‘lishi mumkin. Uning xatti-harakati dovulga o‘xshaydi. Xolerik bola – bu daxshatli qichqiruvchi va bahschi bo‘ladi. U qat’iyatli, qo‘rqmas, oxirgi daqiqada o‘z fikrini butunlay teskarisiga o‘zgartira oladi, tavakkalchi va sarguzashtni yaxshi ko‘radi.

Xolerik bolaga nima yoqmaydi? Ular uning faoliyatini cheklab qo‘yilishini, unga baqirishingizni, jismonan jazolanishni, vazifani to‘g‘ri bajarishni talab qilinishini yoqtirmaydilar.

Ota-onalar uchun tavsiyalar. Farzandingiz faolligini cheklamang. To‘polon qilgan paytda unga tanbeh bermang va jim o‘tirishga majburlamang. Bola buni qila olmaydi! Yaxshisi energiyasini sarflashning boshqa yo‘llarini sinab ko‘ring. Masalan, farzandingiz bilan harakatli o‘yinlar o‘ynang. Unga sport mashqlarini, suzishni, raqsga tushishni, velosipedda uchishni o‘rgating. U bilan tez-tez ko‘chaga chiqishga harakat qiling. 

Farzandingizga qahramonlik va jasorat haqida kitoblarni o‘qib bering. Unga nafaqat o‘zi gapirishi, balki boshqa bolalarni ham tinglash muhim bo‘lganida, tengdoshlari bilan muzokara qilishni o‘rgating. Xolerik bolalar har doim birinchi bo‘lishga intiladi. Eng muhimi, sabrli bo‘ling va xolerik bolaning o‘zi o‘zini qanday boshqarishni o‘rganishdan xursand bo‘lishini tushunishga harakat qiling, lekin bu har doim ham natija bermasligi mumkin. Bunda unga yordam bering!

Bola – sangvinik.

Bolakay quvnoq, kuchli va muvozanatli, bundan tashqari u “quyosh” kabi ko‘pincha yaxshi kayfiyatda, izlanuvchan, faol. Sangvinik bolani juda tez kuldirish yoki biron bir arzimas narsadan qattiq xafa qilib qo‘yish mumkin. Bunday bolaning ko‘z yoshlari tezda paydo bo‘ladi va juda tez yo‘qolib qoladi, chunki u juda aqlli bo‘lib, har doim o‘zini ovutish uchun qiziqarli mashg‘ulot topadi. Odamlar bilan osongina kirisha oladi, tezda yangi muhitga va yangi talablarga moslashadi. Sangvinik bolalar boshqa odamlarni osongina tushunadilar, boshqalarga nisbatan talabchan emaslar va odamlarni boricha qabul qilishga moyildirlar.

Ular hokimiyat uchun kurashmaydi, lekin ko‘pincha kompaniyada yetakchi o‘rinni egallaydi. Sangvinik bolalar: “Kim bilan do‘ssiz?” – savoliga odatda: “Hammasi bilan” – deya javob beradi. Bunday bolalar qiziqarsiz o‘yin yoki ishni yoqtirishmaydi va uni oxiriga yetkazmasdan tashlab ketishlari ham mumkin. Qiziqarsiz ish ularni zeriktiradi va ular imkon qadar tezroq qutulishga harakat qilishadi.

Ota-onalar uchun tavsiyalar. Sangvinik bolalar o‘zgaruvchan va monotonlikdan tez charchaganligi sababli, mashg‘ulotlar davomida asosiy urg‘uni bajarilayotgan ishni oxirigacha yetkazishga qaratishga harakat qiling. Diqqatni jamlaydigan konstruktorlar, jumboqlar va boshqa o‘yinlar xotirjamlik va aniqlikni rivojlantirishga yordam beradi. 

Bunday bolalarning qat’iyatliligini va mehnasevarligi rag‘batlantirish orqali barqarorlik va samaradorlikka erishish uchun talablarni bosqichma-bosqich oshirish juda muhimdir. Bolani beparvolik, e’tiborsizlik uchun ta’na qilmaslikka harakat qiling. Yaxshisi ishini mukammal qilib bajargan bo‘lsa, yoki barcha o‘yinchoqlarni yig‘ib qo‘ygan bo‘lsa, bolani ko‘klarga ko‘tarib maqtash tavsiya etiladi.

Farzandingiz bilan uning tengdoshlari va yaqinlari bilan munosabatlarini muhokama qiling. Bolangiz sangvinik, uni beqarorligi uchun ayblamang – bu uning aybi emas, balki temperamentning o‘ziga xos xususiyati. Unga fe’l-atvorini tuzatishga yordam bering, shunda u ishonchli, stressga chidamli, ochiqko‘ngil va muvaffaqiyatli shaxs bo‘lib ulg‘ayadi.

Bola – flegmatik.

Kichkina flegmatik hamma narsada tartibni yaxshi ko‘radi. U kiyim va o‘yinchoqlarni ehtiyotkorlik bilan yig‘adi, faqat o‘z idishidan ovqatlanadi, tengdoshlar orasida faqat o‘z o‘yinchog‘i bilan o‘ynaydi.

Flegmatik bola – juda og‘ir. Uni kuldirish yoki xafa qilish qiyin. Hatto janjal paytida ham bunday bola xotirjam bo‘lib qoladi. U e’tiborini deyarli o‘zgartirmaydi va notanish muhitga ko‘nikishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Uning nutqi sekin va pauzalarga boy. U yangi narsalarni o‘rganishni yoqtirmaydi.

Flegmatik bola ko‘p fantaziya qilmaydi, xotirjam o‘ynaydi, faqat bir nechta o‘yinchoqlarni yaxshi ko‘radi. Bolalar bilan o‘ynaganda, u tanish o‘yinlarni afzal ko‘radi. U bir ishni juda uzoq bajaradi, ammo kamdan-kam xato qiladi. Yetakchilikka intilmaydi, qaror qabul qilishni yoqtirmaydi, bu huquqni boshqalarga osonlik bilan beradi. U kamdan-kam xafa bo‘ladi, lekin agar uning ko‘ngli og‘risa, munosabatlarini abadiy uzishi mumkin.

U juda tashabbuskor bo‘lib shakllanishi mumkin. Flegmatik bola noqulay sharoitlarda ham muammosiz va samarali ishlashi mumkin va muvaffaqiyasizliklar uni bezovta qilmaydi.

Flegmatik bolaga nima yoqmaydi? Ota-onalarning qichqiriq va janjal bilan vazifani bajarish jarayonini tezlashtirishga harakat qilishlari. 

Ota-onalar uchun tavsiyalar. Eng muhim qoida: shoshilmang, shoshiltirmang, bolani tezlatmang. Sizning talablaringiz bolaning individual tezligiga mos kelishini nazorat qiling.

Musiqa bilan shug‘ullanish, rasm chizish, aplikasiya orqali bolaning tasavvurini, fantaziyasini rivojlantirishga harakat qiling. Farzandingiz bilan harakat tezligini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan o‘yinlarni o‘ynang. Masalan, yurish – yugurish – sekin yurish; ritm o‘zgarishi bilan qarsak chaling. Farzandingizni ochiq havodagi o‘yinlarga ko‘proq jalb qilishga harakat qiling, u bilan birga sayrga chiqing. Unga qo‘shniga kalitni olib borish, sotuvchiga pul berish, notanish bolaning ismini so‘rash kabi topshiriqlar bering.

Bolaning harakatsizligi dangasalikka aylanmasligi uchun sharoit yaratish kerak. Farzandingizni tezkorligi va topqirligi uchun maqtang. Va, eng muhimi, shuni yodda tutish kerakki, agar siz doimo g‘azablansangiz va bolani jazolasangiz, bolada harakat qilish qo‘rquvi paydo bo‘lishi va o‘zini pastlik tuyg‘usi rivojlanishi mumkin.

Bola – melanxolik.

Melanxolik bola nafaqat jim, balki mehribon, yumshoq, ishonchli va ochiq fe’l-atvor egasidir. U juda ta’sirchan, salga xafa bo‘ladigan, hamma narsada ehtiyotkor. Melanxolik o‘ziga ishonchsiz, uning o‘zi qaror qabul qilishi juda qiyin. Melanxoliklar notanish muhitda o‘zini yo‘qotadi va o‘zini-o‘zi boshqara olmaydi. Eng kichik noqulayliklar ham ularni muvozanatdan chiqarishi mumkin. Bunday bolalar faqat o‘zlari sevgan, o‘zlarini qulay va xavfsiz his qiladigan odamlar bilan erkin bo‘lishadi. Shuning uchun oilada melanxolik bolaning to‘liq ishonadigan odami bo‘lishi kerak. Bundan tashqari bunday bolaga nafaqat ishonch, balki mehr, iliqlik va e’tibor ham kerak. Melanxolik bola begonalardan ehtiyot bo‘ladi, begonalar bilan gaplashishni yoki o‘ynashni xohlamaydi.

Bunday bolalar juda past ovozda gapiradilar, kamdan-kam bahslashadilar, ko‘pincha kuchli tengdoshlarining fikriga bo‘ysunadilar. Bunday temperamentga ega bolalar tezda charchashadi, qiyinchiliklarga duch kelsalar, adashadi yoki tezda taslim bo‘lishadi.

Melanxolikning ichki dunyosi nihoyatda boy, u his-tuyg‘ularning chuqurligi va barqarorligi bilan ajralib turadi. Bolalar – melanxoliklar o‘zlarini “kichkina kattalar” kabi tutadilar – ular juda oqilona, ular hamma narsaga izoh topishni yaxshi ko‘radilar va yolg‘izlikni yaxshi ko‘radilar. Melanxoliklar o‘zlariga va boshqalarga yuqori talablar qo‘yadilar.

Ota-onalar uchun tavsiyalar. Kichkina melanxoliklar bilan tezlik, epchillik va tezlik uchun raqobat o‘yinlarini o‘ynamaslik tavsiya etiladi. Yaxshisi bolakay bilan chizish, aplikasiya bilan shug‘ullanish yaxshiroqdir. Bundan tashqari, velosiped haydashni, to‘pni o‘ynashni yoki arqondan sakrashni o‘rgatishingiz mumkin.

Bunday bolalar juda ta’sirchan bo‘lganligi sababli, ularning kamchiliklarini yuziga solmang. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini saqlashga harakat qiling. Melanxolik bolada faollik istagini, qiyinchiliklarni yengish qobiliyatini rivojlantirish kerak. Bolaga uyatchanligi ustidan kichik g‘alabalarni qo‘lga kiritishiga yordam bering. Farzandingizga mustaqillik bering, qaror qabul qilishga shoshilmang. Ertak o‘qib berganingizdan so‘ng yoki multfilm tomosha qilganingizdan so‘ng, farzandingiz bilan uning his-tuyg‘ulari haqida gaplashishga harakat qiling. Qaysi qahramon unga ko‘proq yoqdi va nima uchun? 

Bolaning tanishlar doirasi asta-sekin kengaytirilishi kerak. U birinchi navbatda bitta tengdoshi bilan o‘ynasin. Bola o‘zini qulay sharoitda his qilgandan so‘ng, boshqa bolalarni o‘yin qo‘shish mumkin. 

Yuqoridagi temperament turlari orasidan farzandingiz qaysi turga eng yaqin ekanligini aniqlashga harakat qiling va uning fe’l-atvorida unga nima yordam berishini va nima xalaqit berishi mumkinligini tushuning. Nima uchun u ba’zan siz kutgan va taxmin qilganingizdan boshqacha yo‘l tutadi? Sizda qanday umumiy xususiyatlar bor, bir-biringizni tushunishingizga nima xalaqit beradi? Unga individualligini saqlab qolish imkoniyatini berishga harakat qiling. Farzandingizga o‘zining “o‘zligini” his qilishiga yordam bering va undan qanday foydalanishni o‘rgating.

Shuni yodda tutingki, temperament turi insonning atrof-muhitdagi xatti-harakatlari va harakat uslubini belgilaydi. Agar farzandingizning xatti-harakatidagi salbiy nuqta sababini aniqlay olmayotgan bo‘lsangiz, bolalar psixologiga murojaat qiling.
 


Foydali


														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

														
														O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

2025-yilning o‘tgan 7 oyi ichida avvalgi yilga nisbatan 6.6 foiz ko‘proq mahsulot yetishtirilgan
19:53 / 10.08.2025

Bu ham qiziq

Sudanda terroristlar tug‘uruqxonaga hujum qildi

Sudanda terroristlar tug‘uruqxonaga hujum qildi

Sudandagi terroristik guruh tug‘uruqxonaga hujum qilib, shifokorlar va bemorlardan iborat jami 460 dan ortiq odamni o‘ldirdi.
17:38 / 05.11.2025
iPhone’dan arzon MacBook ishlab chiqariladi

iPhone’dan arzon MacBook ishlab chiqariladi

Kompaniya ilgari asosan yuqori narxdagi premium qurilmalar ishlab chiqargan bo‘lsa, endi Windows va Chromebook modellari bil…
12:34 / 05.11.2025
Sirdaryoda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urildi

Sirdaryoda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urildi

Bu haqda Sirdaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
14:27 / 05.11.2025
Andijonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irladi

Andijonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irladi

Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
15:47 / 04.11.2025
Tojikistondagi zilzila Sirdaryoda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila Sirdaryoda ham sezildi

Bugun, 5-noyabr kuni soat 10:58:23 da Sug‘d, Tojikiston hududida 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
11:28 / 05.11.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoa…
08:13 / 05.11.2025
Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘…
15:12 / 05.11.2025
Toshkentda sex yonib ketdi

Toshkentda sex yonib ketdi

Bu haqda Toshkent shahar FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
13:19 / 04.11.2025
AQShda yuk samolyoti qulab tushdi

AQShda yuk samolyoti qulab tushdi

Hozirda aeroport vaqtincha yopilgan.
08:40 / 05.11.2025
5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent Shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilm…
17:44 / 04.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!