$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Bolalar kuni qaysi mamlakatda qanday nishonlanadi?

11:14 / 01.06.2022

Dunyo mamlakatlarida 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni turlicha nishonlanadi, ammo hamma bolalar ham aynan shu sanada oʻz bayramlarini nishonlamaydilar. Har bir mamlakatda “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” turli vaqtlarga toʻgʻri keladi va har yerda bir-biriga oʻxshamagan holda nishonlanadi.

Rossiya: Bolalar kuni aynan shu mamlakatda tugʻilgan

Rossiyada bolalar bayrami 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”da nishonlanadi. Shu kuni mamlakatning turli burchaklarida rus bolalari oʻz bayramlarini nishonlaydilar, xalq qoʻshiqlari va raqslarini ijro etadilar, maktablarda bayram tadbirlari oʻtkaziladi.

Yaponiya: Bolalar kuni yiliga uch marta nishonlanadi

3-mart – Qizlar kuni

Ushbu bayram kichik qizlar uchun maxsus tashkil etilgan. Har yili shu kuni qizlarning ota-onalari uyda kimonodagi goʻzal bolalar qoʻgʻirchoqlari koʻrgazmasini tashkil qilishadi, bu esa ota-onalarning malikalariga sovgʻasi hisoblanadi.

5-may – Oʻgʻil bolalar kuni

Bayram kuni oʻgʻil farzandli oilaning uyiga kirish eshigi oldiga sazan baligʻi tasviri tushirilgan bayroq osib qoʻyiladi, bu esa ilmiy daraja olish imkoniyatini bildiradi. Agar oilada bir nechta oʻgʻil boʻlsa, uyning old eshiklariga yashil-koʻk bayroqlar osiladi. Bunday bayroqlarning koʻpligi oilada koʻp oʻgʻil bolalar borligini anglatadi. Yaponiyada sazan tasviri kuch va jasorat maʼnolarini bildiradi.

15-noyabr – “Yetti-besh-uch” bolalar kuni

Yapon urf-odatlariga koʻra, uch, besh va yetti yosh bolalarning eng baxtli yoshi deb hisoblanadi, shuning uchun har yili 15-noyabrda bu yoshdagi bolalar oʻz bayramlarini nishonlaydilar.

Koreya: koreys milliy libosida kiyinib, sovgʻa oling

Koreya Respublikasida bolalarni himoya qilish kuni 1923-yilda boshlangan, bu bayram dastlab oʻgʻil bolalar bayrami boʻlgan. Koreya Respublikasida bolalar kuni davlat bayrami hisoblanadi va har yili 5-may kuni nishonlanadi. Shu kuni bolalardan baxtli odam boʻlmaydi, ota-onalar ularga oʻzlari xohlagan sovgʻalarni tuhfa qilishadi. Koʻplab bolalar koreys milliy libosida kiyinib, mamlakatning anʼanaviy madaniyati namoyish etishadi.

Kolumbiya: niqobli masxarabozlar

Kolumbiyada har yili 4-iyulda bolalar kuni nishonlanadi. Ushbu bayram kuni mamlakatning barcha maktablarida turli tadbirlar oʻtkaziladi. Bolalar odatda turli xil niqoblar kiyishadi, masxarabozlar kabi kiyinadilar va koʻchalarda yurishadi. Mamlakatning har burchagida quvnoq muhit hukm suradi.

Braziliya: birinchi navbatda salomatlik

Braziliyada bolalar kuni 15-avgust kuni nishonlanadi. Bu kun, shuningdek, epidemiyaga qarshi kurash milliy kuni, shuning uchun har yili ushbu bayramda mamlakat shifokorlari bolalarni koʻrikdan oʻtkazadilar, bundan tashqari,
5 yoshgacha boʻlgan bolakaylar poliomielitga qarshi emlanadi. Bunday tadbirlar Braziliya hukumati bolalar salomatligi haqida jiddiy qaygʻurishidan dalolat beradi.

Shvetsiya: “Oʻgʻil bolalar kuni” va “Qizlar kuni”

Shvetsiyada oʻgʻil bolalar va qizlar uchun bayramlar ajratilgan. Har yili
7-avgustda “Oʻgʻil bolalar kuni” nishonlanadi, bu “Langust bayrami” deb ham ataladi. Bunday nomlanishining asosiy sababi oʻgʻil bolalar 10 oyoqli qisqichbaqa kabi jasur boʻlishidir. Shu kuni bolalar qisqichbaqa kabi kiyinib, kulgili namoyishlarni ijro etishadi.

13-dekabr kuni Shvetsiyada “Qizlar kuni” nishonlanadi, bu bayram Lusiya maʼbudasi bayrami deb ham ataladi. Lusiya – shved afsonasiga koʻra, qizlarni himoya qiladigan maʼbuda hisoblanadi. Har yili bayramda Shvetsiya qizlari boshqa bolalar uchun yaxshi ishlar qiladigan kichik maʼbudalarga aylanadi.

Afrika mamlakatlari: bir oylik bolalar karnavali

Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida butun bir oy davom etadigan maxsus “bolalar karnavali” mavjud. Afrika aholisi tarixan qoʻshiq aytishni va raqsga tushishni yaxshi koʻradilar. Bolalar karnavalida, mamlakatdagi fuqarolarning yashash sharoitlaridan qatʼiy nazar, barcha bolalar baxtli va quvnoq holda bayramni nishonlaydilar.

Ispaniya: eng tantanali bolalar kuni

Ispaniyada bolalar kuni 5-yanvarga toʻgʻri keladi, aslida bu diniy bayram boʻlib, ispan tilidan tarjima qilinganda “sehrli qirol bayrami” degan maʼnoni anglatadi. 5-yanvar kuni tundan to erta tonggacha Ispaniyaning hamma joyida parad avtomobillarini koʻrish mumkin, ularda “uch qirol” doimiy ravishda bolalarga turli xil shirinliklar tarqatadi. Qirolning tizzasiga oʻtirgan har qanday bola maxsus sovgʻa olishi mumkin. Bunday sovgʻalarni olgan bolalar qirolga yaxshi oʻqishga vaʼda berishlari kerak boʻladi.


Qiziqarli


														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025
Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Bondi-bich plyaji Avstraliyaning eng mashhur plyaji bo‘lib, u ko‘plab syorfingchilarni va sayyohlarni o‘ziga…
15:51 / 14.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025
Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

“Shuningdek, tikanli maxsus simlar va “ajdaho tishlari” turidagi to‘siqlar zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, zarurat tug‘ilg…
17:48 / 13.12.2025
Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiya Federatsiyasida ishlash jarayonida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, turar joysiz qolgan, tazyiq yoki zo‘rav…
16:51 / 13.12.2025
Toshkentda fuqaroning yerto‘lasidan qurol va o‘q-dorilar topildi

Toshkentda fuqaroning yerto‘lasidan qurol va o‘q-dorilar topildi

Uy egasi 1 dona qo‘l granatasi, kalibrli “TOZ-8” rusumli o‘q otar qurol, 1 dona portlatish qurilmasi va 1 ming 646 dona quro…
17:17 / 15.12.2025
“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonda bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqt qidiruvda bo‘lgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyu…
11:54 / 14.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!