Buyuk Britaniyada 1100 ga yaqin mahbuslar qamoqxonaning haddan tashqari to‘lgani sababli kelasi hafta muddatidan avval ozodlikka chiqadi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, sentyabr oyida 1,7 ming nafardan ortiq jinoyatchi ham Buyuk Britaniya jazoni o‘tash muassasalarida joy yo‘qligi sababli shartli ravishda ozod qilingan. 40 ga yaqin mahbus xato tufayli ozod qilingan va qamoqxonaga qaytarilgan.
“Yana 1100 nafar mahbus kelasi hafta boshida ozod qilinadi”, – deyiladi xabarda.
Times nashriga ko‘ra, mahbuslar 22-oktyabr kuni ozodlikka chiqariladi.
Ta’kidlanishicha, 2023-yil boshidan buyon erkaklar qamoqxonalari muntazam ravishda 99 foizga to‘ldirilgan. Times hukumatdagi manbalariga tayanib yozishicha, Britaniya Adliya vazirligining ichki prognozlariga ko‘ra, 9 oy ichida qamoqxonalarda yana joy taqchilligi kuzatiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!