AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning jamoasi amaldagi Amerika ma’muriyati va Ukraina rasmiylari bilan mamlakatdagi mojaroni tugatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda manbalarga tayanib NBC News xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning maslahatchilari va uning ma’muriyatiga nomzodlar kelishuv rejasining aniq tafsilotlarini hali taqdim etmagan.
“Tramp haqiqatan ham prezidentligining ilk kunida sulhga erishishga jiddiy yondashadi”, – deya keltirmoqda telekanal manbalardan birining so‘zlarini.
Manbalarning ta’kidlashicha, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan bu lavozimdagi vorisi Mayk Uolts bilan bir nechta suhbatlar o‘tkazgan. Ular faqat ma’lumot almashishga e’tibor berishgan, mojaroni tugatish yoki sulh tuzish strategiyasini muhokama qilmagan.
Avvalroq, Fransiyaning Paris Match jurnaliga bergan intervyusida Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilishni o‘zining ustuvor vazifasi deb atagan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!