Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, dunyoda yiliga oʻrtacha 247 million kishiga bezgak tashxisi qoʻyilmoqda. Jami kasallanish koʻrsatkichlarining 95 foizi va oʻlim holatlarining 96 foizi Afrika qitʼasida qayd etilyapti. Eng yomoni, mintaqada ushbu infeksiya oqibatida hayotdan koʻz yumayotganlarning 80 foizi – besh yoshgacha boʻlgan bolalar.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus qayd etganidek, hozir bezgakka qarshi kurashish vositalari mavjud. Bu boradagi profilaktika, diagnostika va davolash usullari samaradorligi tasdiqlangan.
Xususan, kasallikka qarshi emlanish orqali har yili oʻn minglab bolalarning hayotini saqlab qolish mumkin. Qolaversa, infeksiya oʻchoqlari aniqlangan mamlakatlarga koʻmak berish yoʻli bilan epidemiyani jilovlash imkoni bor.
Hisob-kitoblarga koʻra, hozirgacha Gana, Keniya va Malavida 1,5 million bola tashkilot tomonidan muvofiqlashtirilgan pilot-loyiha asosida birinchi dozada emlangan. Ikkinchi dozadagi vaksinatsiya dasturi maʼqullanishi bilan emlanuvchi qatlam qamrovi yanada oshadi.
Qolaversa, hozir bezgak tarqatuvchi chivinlarga qarshi kurashda innovatsion usullardan foydalanishga kirishilgan. Bu yaqin kelajakda oʻz samarasini berishi kutilyapti.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!