Royal Caribbean International kompaniyasining dunyodagi eng katta kruiz kemasi “Icon of the Seas” kelasi yil boshida o‘zining ilk sayohatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Royal Caribbean International kompaniyasining “Icon of the Seas” gigant kruiz kemasi o‘zining ilk sayohatini boshlash arafasida. Uzunligi 365 metr, og‘irligi esa 250 ming tonnaga yaqin bo‘lib, u dunyodagi eng katta yo‘lovchi kemasi hisoblanadi. Kema o‘z bortiga 5 610 yo‘lovchi va 2 350 ekipaj a’zosini sig‘dira oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra , kema dengiz sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi va keyingi yil boshida Karib dengiziga ilk safarini amalga oshirishi rejalashtirilgan.
Oldingi layner bilan solishtirganda, Icon of Seas deyarli 15 tonna og‘irroq va 3 metr uzunroq bo‘ladi. Yangi kema yoqilg‘i sifatida ekologik toza suyultirilgan gazdan foydalanadi. Ishlab chiquvchilar “Icon of the Seas”da qo‘llanilgan boshqa ilg‘or texnologiyalar haqida hozircha ma’lumot bermagan. Layner qurilishi 2021-yilda boshlangan bo‘lib, uni ishga tushirish joriy yilning 26-oktabriga belgilangan. 2 600 dan ortiq mutaxassis dengiz sinovlari paytida kemaning holatini kuzatib, uning barcha tarkibiy qismlari va agregatlarini tekshirdi.
“Icon of the Seas” yo‘lovchilariga ko‘ngilochar va shovqinli uchrashuvlar uchun 40 dan ortiq joy taklif etiladi. Shuningdek, kemada oltita suv slaydlari, yettita basseyn (shu jumladan, sho‘r suv havzalari) va to‘qqizta issiq vannadan iborat ulkan dengiz akvaparki bo‘ladi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 22 ta lift, kinoteatr, kazino, shuningdek, fitnes markazi, mini-golf va sport ishqibozlari uchun toqqa chiqish devori mavjud.
Sayyohlar 20 ta paluba va 8 ta dam olish maskanlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, ular yosh toifalari bo‘yicha bo‘linadi, shuning uchun har bir yo‘lovchi sayohat davomida o‘yin-kulgidan bahramand bo‘ladi.
Bundan tashqari, kemada 28 ta turar joy varianti, jumladan, er-xotinlar uchun turli toifadagi katta kabinаlar va dengiz manzarasi ko‘rinishidagi variantlar taqdim etiladi. Har bir kabina konditsioner va hammom bilan jihozlangan bo‘ladi va ba’zi kabina sinflarida bir nechta xona bo‘ladi. Farzandli oilalar uchun chaqaloqqa qarash xizmatlari, shuningdek, ota-onalar uchun maxsus va parhez taomlar taqdim etiladi.
“Icon of the Seas” kompaniyasi Mayamidan Sharqiy va G‘arbiy Karib dengizida yetti kunlik sayohatlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ushbu kruizlar yo‘lovchilar uchun yil davomida mavjud bo‘lib, Karib dengizi sarguzashtlari va mintaqaning go‘zalligidan bahramand bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!