$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Dunyodagi eng xavfli 10 aeroport haqida eshitganmisiz?

10:04 / 30.03.2023

Dunyo qanchalar rivojlanib borayotgan bo‘lmasin, samolyotlarda parvoz qilish hanuzga qadar mamlakatlar aro safar qilishning eng qulay usuli bo‘lib qolmoqda.

Ammo dunyoda shunday antiqa va dahshatli aeroportlar ham borki, ulardagi sharoitni faqatgina sanoqli uchuvchilar tushuna oladi, xolos. Yo‘lakka qo‘nib olgunga qadar esa yo‘lovchilarning yuragi yorilib ketay deydi.
Demak bugun dunyodagi eng xavfli aeroportlar 10 taligi bilan tanishib olasiz.

Paro aeroporti, Butan

Ushbu aeroportga kirib kelayotgan yo‘lovchilar qo‘nib olgunga qadar tinchlantiruvchi dori vositalarining bir hovuchini ichib yuborsa ajab emas. Bu yerda samolyotlar shundoqqina tog‘larning yonida keskin burilishlarni amalga oshiradi. Qizig‘i, dunyodagi faqat 8 ta uchuvchi dengiz sathidan 2300 metr balandlikda joylashgan ushbu aeroportga qo‘nish uchun yetarli darajadagi tajriba va malakaga ega.

Parvoz yo‘lagining uzunligi 1985 metrga teng keladi, xolos. Aeroportni to‘rt tomondan Himolay cho‘qqilari qurshab turadi. Ularning balandligi esa 5500 metrga teng. Bu o‘rinda samolyotning harakatlar ko‘rinishi, yuqoriga chiqish va pastga tushish holatlari amerikancha halqa attraktsionining yo‘nalishini yodga soladi, ammo samolyotning tezligi soatiga 400 kilometr ekanligini ham hisobga olish kerak. Aeroportga qo‘nish uchun faqat kunduz kunlari va yaxshi iqlim sharoitlaridagina ruxsat bor. Sababi qo‘nish paytida uchuvchilar yer va tog‘lar, yo‘ldagi barcha to‘siqlarni aniq ko‘rib turishlari lozim.


Malika Yuliana aeroporti, San-Martin


Ushbu aeroport sohildagi odamlar ustidan uchib o‘tayotgan reaktiv samolyotlarining suratlari bilan yaxshi tanish. Bu yerdagi qo‘nish yo‘lagining uzunligi 2180 metrga teng keladi, samolyotlar orasida esa keng fyuzelyajli Boeing747 va Airbus A340 kabi qurilmalar ham bor.

Uchish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketmaslik uchun uchuvchilar ma’lum trayektoriya bilan yo‘lakdan parvoz qilib boradilar. Bu o‘rinda tezlik juda past bo‘ladi. Samolyot aeroport panjaralariga tegib ketay deydi, uchuvchilar esa okean ustidan atigi 10 metr balandlikda uchib o‘tishadi. Bu o‘rinda faqatgina ko‘zning ishongan holatda mo‘ljal olish mumkin. Faqat shu usul bilan samolyot uchib ketayotgan balandlik ko‘rsatkichlariga baho beriladi.

Norsarsuak aeroporti, Grenlandiya

Ushbu aeroportda quyosh charaqlab chiqqan kunduz kunlarida ham qo‘nish juda xavfli.

Doimiy ravishdagi turbulentlik, kuchli shamol bosimi samolyotini bir-tomondan ikkinchi tomonga irg‘itib yuboradi. Bu o‘rinda qurilma yoki tormoz berish, yoki tezlikni ko‘paytirish holatiga duch keladi. Samolyot uchuvchisi qo‘nish paytida o‘ta chaqqonlik bilan harakat qilishi va 90 gradusdagi burilishni amalga oshira olishi lozim. Faqat shu yo‘l bilangina qo‘nish yo‘lagiga yetib olsa bo‘ladi. Ammo bu o‘rinda aysberglar va havoning pastki oqimi ham bor ekanligini hisobga olish kerak. Shunga qaramasdan Norsarsuak davlat miqyosidagi eng muhim transport zanjirlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Aksariyat sayohatchilar mazkur aeroport xizmatlaridan tranzit maqsadlarida foydalanishadi.


Igl konuti ridjinal aeroporti, AQSh


Mazkur aeroportda hech qanday navigatsion qurilmalar mavjud emas, shu sababli qo‘nish paytida uchuvchilar faqatgina vizual tarzda va qo‘lbola uskunalar yordamida mo‘ljal olishadi. Parvozdagi samolyot tog‘lar bilan to‘qnashib ketmasligi uchun ham chap tomonga keskin burilishni amalga oshirishi kerak.
Ana undan keyingina qo‘nishga kirishish mumkin. Tog‘ etagi va o‘zgaruvchan iqlim sharoitlari uchuvchilar ishini haddan tashqari qiyinlashtirib yuboradi.

Madeyra aeroporti, Portugaliya

Madeyra okean va tog‘ cho‘qqilari orasida joylashgan. Parvoz yo‘lagining uzunligi 2777 metrga teng bo‘lib, orol relefi shunchalar murakkabki, aeroportga omon-eson qo‘nib olish imkonsizdek tuyuladi. Yo‘lakning bir qismi to‘g‘ri okeanga qadar boradi. Qo‘nish paytida uchuvchilar tog‘ga qarab parvoz qiladilar-da, oxirgi daqiqalarda o‘ng tomonga burilishadi. Bundan tashqari, suv va tog‘ orasidagi havo qopchalari jarayonni haddan tashqari qiyinlashtirib yuboradi.

Halokatlardan xoli bo‘lish maqsadida qish paytida bu yerda reaktiv samolyotlarning qo‘nishi uchun ruxsat berilmaydi.

Kurshavel aeroporti

Dunyodagi eng xavfli va dahshatli aeroportlardan biri deya tan olingan maskan – Kurshavel sanaladi. U shu nomdagi fransuz kurorti ichida joylashgan. Aeroport dengiz sathidan 2000 metr balandlikdagi tog‘lar orasida joylashgan bo‘lib, hududning parvoz yo‘lagi haddan tashqari qisqa. U atigi 525 metrdan iboratdir.

Burilish qiyaligi esa 18 gradusni tashkil qiladi. Aeroportning qo‘rqinchli sifatlari shuning o‘zi bilan yakun topmaydi. Bu yerda yo‘lakka kirish uchun navigatsion qurilmalar mavjud emas. Tuman va bulutlarning past joylashuvi sharoitlarida aeroportda qo‘nishning imkoni bo‘lmaydi.
“Ertaga hech qachon bo‘lmaydi” filmdagi epizodlarning birida Jeyms Bond Fransiyadagi aynan mana shu aeroport yo‘lagiga samolyotni qo‘ndiradi.


Gastef II aeroporti, Sen-bartelemi

Ushbu aeroportga 18 asrda hukmronlik qilgan shved qirolining nomi berilgan. Qirol Fransiyadagi ushbu orolni xarid qilgan edi. Bu yerdagi parvoz yo‘lagi sohil chetidan boshlanib, tog‘ning yonida tugaydi. Uzunligi 650 metrga teng, yo‘lakka qo‘nishni istagan samolyot jarayonni insonlarning boshi tepasidan boshlab keladi. Aeroportga sig‘imi 20 kishigacha bo‘lgan yengil samolyotlargina qo‘nishi mumkin. Shunda ham qurilmalar aeroportga qadar uylarning tomi va mashinalar ustidan uchib kelishadi.

San-Diyego halqaro aeroporti, AQSh

Bu dunyodagi eng zich joylashgan savdo aeroporti bo‘lib, unga janub va sharq tomonlardan uchib kelish yo‘li tog‘lar bilan to‘sib qo‘yilgan. Bundan tashqari, janub tomonda Meksikaning chegara chizig‘i ham turadi. Shu sababli samolyotlar yo‘lakka faqatgina g‘arb tomondan qo‘nishlari mumkin. Bu o‘rinda bir qurilmaning burni ikkinchisining dumiga tegay deydi. G‘arb tomondan esayotgan kuchli shamol ta’sirida qurilma parvoz yo‘lagiga qadar katta burilish burchagi ila uchib keladi. Bundan tashqari, yo‘lak oxiridagi 30 metrli angar 500 metrli uzunlik samaradorligini yanada kamaytirib, uchuvchilar ishini qiyinlashtirib yuboradi.

Tankotin aeroporti, Gonduras

Tankotin yomon iqlim sharoitda dunyodagi eng xavfli aeroportga aylanadi. Milliy aeroportlar orasida aynan mana shunisi o‘zining eng qisqa parvoz yo‘lagi bilan nom chiqargan. Yo‘lak uzunligi 1163 metrni tashkil qiladi. Bu o‘rinda yo‘lakka qo‘nmoqchi bo‘lgan Boeing 757 kabi samolyot yerga qo‘nishdan avval 45 gradusli keskin burilishni amalga oshiradi. Kuchli shamol va turbulentlik esa bu yerda juda ko‘p kuzatiladigan holat. Bu esa samolyotni ko‘p holatlarda trayektoriyadan chiqarib yuboradi ham. Shu sababli yo‘lakka kirib borayotgan samolyot egri-burgi harakatlar qilib yerga joylashadi.

Tentsinga va Xillari nomidagi aeroport, Nepal

Nepal aeroportining parvoz yo‘lagi uzunligi 560 metrni tashkil qiladi. Eng dahshatlisi bu yerdagi yo‘lak chuqur jarlik yonidan boshlanadi va baland tog‘ bilan yakun topadi. Parvoz vaqtida tezlik yetarlicha bo‘lmasa samolyot pastga qulab ketishi ham mumkin. Qo‘nish paytida esa qurilma tog‘ga borib uriladigandek taassurot uyg‘otadi. Navigatsion qurilmalardan bu yerda faqatgina radiostantsiya mavjud. Shu sababli uchuvchilar jarayon paytida vizual tarzda mo‘ljal olishadi. Aeroportga faqat vertolyotlar va yengil motorli samolyotlar qo‘nishi mumkin. Odatda ushbu aeroport xizmatlaridan Everestni zabt etishga kelayotgan alpinistlar foydalanishadi.

 

 

 


Qiziqarli


														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

Bu ham qiziq

Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqargan holati yuzasidan munosabat berildi.
11:14 / 17.10.2026
Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida chaqaloq ko‘rinishidagi bolalar o‘yinchog‘i ichiga “gashish” yashirgan 56 yoshli ayol …
09:53 / 18.10.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqandning betakror me’moriy obidasi — mashhur Registon maydonida bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqandning betakror me’moriy obidasi — mashhur Registon maydonida bo‘ldi.

Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Marko Rubio Samarqand asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib k…
13:21 / 19.10.2026
2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 …
15:36 / 16.10.2026
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi energetika quvvati yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi energetika quvvati yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi…
14:54 / 16.10.2026
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026
19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026
Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026
Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda aniqlangan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yangi o‘simlik turi argentinalik futbolchi Lionel Messi sharafiga Salvia m…
09:58 / 19.10.2026
Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

18-oktyabr kuni Turkiya Superligasining sakkizinchi turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Gaziantep”ni 2:1 hisobida …
09:46 / 19.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!